2020 yil 30 noyabr kuni soat 07:42larda Yangiyöl tumani, Qirariq MFY, Istiqlol köçasi, 80-uyning yer ostidan ötgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib çiqqan is gazi xonadonga tarqalib, havo aralaşmasi bilan qöşilib, xonadon elektr çiroğini yoqilişi natijasida portlaş sodir bölgan.
Oqibatda, şu xonadonda yaşovçi S.I. va uning voyaga yetmagan öğli R.R. voqea joyida vafot etgan, turmuş örtoği F.I. va voyaga yetmagan qizi S.I. turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyöl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi, a,b bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni böyiça barça daxldor şaxslar doirasi qamrab olinib, javobgarlik masalasi hal qilinişi Toşkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani aytiladi.
Voqea joyiga viloyat va tuman sektor hamda mutasaddi taşkilotlar vakillari jalb qilinib, viloyat sektor rahbarlari boşçiligida körilgan zarar örnini qoplaş, moddiy va ma'naviy kömak beriş böyiça aniq reja asosida işlar taşkillaştirilgan va kompensatsiya qoplab berilişi ta'minlanadi, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Yangiyölda gaz portlaşi oqibatida ikki kişi halok bölgani xabar qilingandi.











