Davlat pensiyalarini tayinlaşda korxona, taşkilot va arxiv idoralaridan taqdim etilayotgan iş staji va iş haqi töğrisidagi ma'lumotnomalarning qançalik asosli va qonuniyligi örganilganida, «Özarxiv» agentligining ayrim quyi böğinlari bir qator notöğri va asossiz ma'lumotlar taqdim etayotgani holatlari aniqlanmoqda.
Bu haqda Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Toşkent viloyati Pskent tumani xöjalik hisobidagi idoralararo şaxsiy tarkib hujjatlar arxividan taqdim etilgan hujjatlarning asosli berilişi uşbu arxiv fondida saqlanayotgan sobiq «Sverdlov» kolxozining 1984, 1985 va 1986 yillar uçun iş vaqti hamda iş haqlarini hisoblaş kitoblari qaytadan boşqa yangi kitoblarga işlamagan fuqarolarning ismi va familiyalari qöşilgan holda köçirib çiqilayotgani kuzatildi.
Misol uçun, «Sverdlov» kolxozining 1984 yildagi haqiqiy iş haqi hisoblaş kitobi 60-tartib raqamidagi T.Q. ism-familiyasi bilan yakunlangan bölsa, yangidan köçirib çiqilayotgan kitobida 63-tartib raqami bilan H.M. ism-familiyasi bilan yakunlangan. Ya'ni kitobning sönggi sahifasiga 3 nafar fuqaroning ism-familiyalari qöşib yozilgan holda, eski kitob yangilanayotgani aniqlandi.
Xuddi şuningdek, uşbu kolxozning 1985 yil uçun yuritilgan haqiqiy kitobi 53-tartib raqamdagi X.Ş. ism-familiyasi bilan yakunlangan bölsa, şu yil uçun yangidan köçirib çiqilgan kitobi 60-tartib raqamidagi Ğ.A. ism-familiyasi bilan yakunlangan va sönggi sahifalariga 7 nafar fuqarolarning ism-familiyasi qöşib yozib çiqilgani, fuqarolardan biri B.R.ga Pensiya jamğarmasi Pskent tuman bölimi tomonidan ijtimoiy nafaqa tayinlangani ma'lum böldi.
Fuqaro B.R.ning Pskent tuman xöjalik hisobidagi idoralararo şaxsiy tarkib hujjatlar arxivi tomonidan taqdim qilingan 1986 yilda «A.Navoiy» kolxozida işlagan davri uçun yozib berilgan iş staji va haqlari (iş kunlari) töğrisidagi ma'lumotlari arxiv fondida saqlanayotgan birlamçi hujjatlari bilan soliştirib örganilganda, uning ismi-familiyasiga iş haqi va iş kunlari kitobida mavjud emasligi aniqlandi.
Natijada R.B.ning yoşga doir ijtimoiy nafaqaga huquqi yöqligi va 20.01.2020 yildan örganiş kuniga qadar 3,6 mln sömlik ijtimoiy nafaqa notöğri tayinlanib, tölangani aniqlandi.
Pskent tuman xöjalik hisobidagi idoralararo şaxsiy tarkib hujjatlar arxivning yangi kitoblariga ism-familiyalari qöşilgan yana 78 nafar fuqaroning röyxatlari şakllantirilib, hozirda örganiş va monitoring işlari davom ettirilmoqda.











