Hozirgaça 8 klub 1/8 finalga çiqdi. Bugungi öyinlarda kimlar pley-off masalasini hal qiladi va yana kimlar turnir bilan butunlay xayrlaşadi?
Bugun, 2 dekabr, çorşanba kuni Yevropa Çempionlar Ligasining qolgan 4 guruhida ham 5-tur öyinlari bölib ötadi.
Şu kungaça 8 jamoa rasman keyingi bosqiç masalasini hal qilgan - «Bavariya», «Mançester Siti», «Çelsi», «Sevilya», «Barselona», «Yuventus», «Portu» va «Liverpul». 9 jamoa turnirni davom ettirişdan butunlay umidini uzgan - «Ferensvaroş», «Dinamo» Kiyev, «Zenit», «Renn», «Krasnodar», «Midtyullann», «Olimpiakos», «Marsel», «Lokomotiv» Moskva.
1/8 finalga çiqqanlar
A guruhi: «Bavariya»*
C guruhi: «Mançester Siti»*, «Portu»
D guruhi: «Liverpul»*
E guruhi: «Çelsi», «Sevilya»
G guruhi: «Barselona», «Yuventus»
* guruh ğoliblari;
Çorşanba kuni 1/8 finalga çiqişi mumkin bölganlar
F guruhi: «Borussiya» Dortmund, «Latsio»
H guruhi: «Mançester Yunayted»
1/8 finaldan umid uzganlar
A guruhi: «Lokomotiv»
C guruhi: «Olimpiakos», «Olimpik»
D guruhi: "Mityulland" (törtinçi örindan yuqori kötarila olmaydi)
E guruhi: «Krasnodar», «Renn»
F guruhi: «Zenit»
G guruhi: «Dinamo» Kiyev, «Ferensvaroş»
Çorşanba kuni 1/8 finalga çiqiş imkonini yöqotişi mumkin bölganlar
F guruhi: «Bryugge»
H guruhi: «Istanbul Boşoqşehir»
Çorşanba kunidan keyin ham 1/8 finalga çiqiş imkonini saqlab qoladiganlar
H guruhi: «RB Leypsig», «Pari Sen-Jyermen»
Ye guruhi «Krasnodar» – «Renn» (22:55)
«Sevilya» – «Çelsi» (00:55)
Mavzuga oid
Bu guruhda keyingi bosqiçga çiqadigan ikki jamoa nomi ma'lum. Bu turning ahamiyati şundan iboratki, guruhda 1-örinni egallab, nimçorak finalda qulayroq raqibga duç keliş kabi qöşimça ustunlikka ega böliş mumkin. «Sevilya» va «Çelsi» örtasida Londonda keçgan uçraşuvda hisob oçilmagandi, endi barça masala Andalusiyadagi töqnaşuvda hal böladi. Mezbonlar agar ğalaba qozonişsa, guruh ğolibiga aylanişadi. Durang esa inglizlarni köproq qoniqtirişi tabiiy. Agar golli durang qayd etilsa, «Çelsi» özaro öyinlardagi safardagi gol ustunligiga köra, sönggi tur oldidan guruh peşqadamiga aylanadi. Keyingi öyinda «Krasnodar»ni öz maydonida yengib, şu örinni saqlab qoliş mumkin. Agar bu öyin ham 0:0 hisobida yakunlansa, töplar nisbati böyiça yana «Çelsi» yaxşigina ustunlikka ega böladi. Xullas, bu öyinda köproq mezbonlar ğalabani öylaşlariga töğri keladi.
Ikkinçi juftlikda ham xuddi şunday vaziyat, bu yerda bahorgi yevrokuboklardan çetda qolmaslik, ya'ni heç bölmasa, Yevropa Ligasiga iliniş maqsadi turibdi. «Renn» va «Krasnodar» Fransiyadagi 2:2 hisobidagi durangdan söng boşqa oçko olişmadi. Rossiyadagi öyin ğolibi raqibdan 3 oçko özib ketadi, demak rasman Yevropa Ligasi pley-off iştirokçisiga aylanadi.
F guruhi
«Borussiya» D – «Latsio» (00:55)
«Bryugge» – «Zenit» (00:55)
Guruhning markaziy uçraşuvi Dortmundda bölib ötadi. Nemislar birinçi davradagi mağlubiyat alamini oliş bilan birga, guruh masalasini hal qilişlari mumkin. Hatto durang ham «Borussiya»ni pley-off iştirokçisiga aylantiradi. Çunki hozirda dortmundliklardan 5 oçko kam jamğargan «Bryugge» ikki öyinda 100 foizlik natija körsatgan taqdirda ham, özaro öyinlar natijasi tufayli «Borussiya»ni quvib öta olmaydi. Ğalaba «Borussiya» rasman guruh ğolibi bölişini ta'minlaydi.
«Latsio»ning işi sal oğirroq. «Bryugge» öz maydonida «Zenit»ni yengsa, rimliklarga bir öyin masofasida yaqinlaşib olişlari mumkin. Sönggi turda Italiya va Belgiya klubi özaro töqnaş kelişini inobatga olsak, pley-off uçun final guvohi bölamiz. Bundan qoçiş uçun «Latsio» yoki Dortmundda yutişga urinib körişi, yoki «Zenit»ning «Bryugge»ga munosib qarşilik körsatişidan umid qilişi kerak böladi.
Albatta, «Zenit»ning ham öz vazifasi bor. Piterliklar heç bölmasa Yevropa Ligasiga çiqiş uçun «Bryugge» maydonida ğalaba qozonişi kerak. Rossiyadagi öyinda mehmonlar 2:1 hisobida yutganini e'tiborga olsak, 1:0 hisobidagi ğalaba ham «Zenit»ni unçalik qoniqtirmaydi – bu holda jamoa guruhda 4-örindan yuqoriga kötarila olmaydi.
Demak, «Borussiya» guruhdagi 1-örin masalasini hal qiliş uçun, «Latsio» barçasini sönggi turga olib qolmaslik uçun, «Bryugge» «Latsio»ga yaqinlaşiş, «Zenit» esa «Bryugge»ni quvib ötiş uçun maydonga tuşadi.
G guruhi
«Ferensvaroş» – «Barselona» (00:55)
«Yuventus» – Dinamo» K (00:55)
Ikki top-klub örin olgan va bizga Messi-Ronalduning navbatdagi töqnaşuvini taqdim etişi kerak bölgan guruh ança sokin keçmoqda. Ikki tur qolganda, kutilganidek, guruh ğoliblari aniq. «Barselona» hatto 1-örinni ham deyarli naqd qilgan. «Yuventus» ispanlarni quvib ötiş uçun «Kamp Nou»da yirik hisobda ğalaba qozonişi kerakki, bunga işoniş qiyin.
Uşbu turdagi öyinlarda şunçaki, autsayderlar sönggi turdagi kiçik final oldidan ustunlikka ega böliş uçun kuraşadi, «Dinamo» va «Ferensvaroş» bittadan oçko jamğarişgan. Oxirgi turda Kiyevda bu ikki jamoa özaro töqnaş kelib, Yevropa Ligasi yöllanmasi uçun kuraş olib borişadi. 5-turda favoritlarga qarşi muvaffaqiyatliroq töp surib, oçko qölga kiritgan jamoa öşa öyinda durang uçun ham öynaş ustunligiga ega böladi. Agar barçasi şunday qolsa, oxirgi turda mezbonlarning imkoniyati kattaroq böladi. Çunki «Ferensvaroş» maydonida 2:2 hisobi qayd etilgan. Kiçik hisobdagi duranglar ham «Dinamo»ni qanoatlantiradi.
N guruhi
«Istanbul» – «Leypsig» (22:55)
«Mançester Yunayted» – «PSJ» (00:55)
Şubhasiz, YeÇL haftasining markaziy uçraşuvi «Old Trafford»da bölib ötadi. Aslida, «Mançester Yunayted» barça masalani bugungaça hal qilib qöyişi mumkin edi. Ammo «Istanbul»dagi qoqiliş kartalarni çalkaştirib yubordi. Albatta, bu muxlislar uçun yaxşi, endi biryöla uç kuçli klub ikki yöllanma uçun sönggi turgaça kuraşadi. Guruhda «Yunayted» hamon favoritligiça qolmoqda. «PSJ» va «Leypsig»ga qarşi öyinlarda atigi 1 oçko Sulşer şogirdlariga kifoya qiladi. Parij klubi ustidan ğalaba esa, «MYu»ni muddatidan oldin guruh ğolibiga aylantiradi.
«PSJ» va «Leypsig» ötgan 4 turda bir xil öynaşdi – «Yunayted»ga yutqazib, «Istanbul»ni yengişdi, özaro öyinlarda 3 oçkodan bölişişdi. Guruhdagi ikkinçi favorit maqomiga esa baribir Parij klubi yaqinroq. Birinçidan, Tuxel jamoasi özaro öyinlarda «Leypsig»dan ustunroq – safardagi gol hisobiga. Ikkinçidan, töplar nisbati ham «Leypsig»da yomonroq. Mabodo uç klubning oçkolari teng bölib qolsa, «Leypsig» ortiqça bölib qoladi.
Öz navbatida, «Istanbul» ham hali kuraşdan çiqqani yöq. 2-örindan atigi 3 oçko ortda borayotgan turklar ayniqsa, öz maydonida xavfli böla olişlarini isbotlaganlar. Bugun «Leypsig» ustidan ğalaba qozonilsa, turklar heç bölmasa, kamida Yevropa Ligasi yöllanmasi uçun imkoniyatni saqlab qolişadi.
Yana bir qiziq tomoni, Turkiyadagi öyin ikki soat erta bölib ötadi. Agar bu öyinda «Leypsig» muvaffaqiyatsiz töp suradigan bölsa, «Old Trafford»da saflanadigan ikki jamoa uçun ayni muddao böladi va öşa öyin xotirjamroq ruhda ötişi ham mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi