AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga murojaat bilan çiqdi.
U yana bir marta prezident saylovidagi mağlubiyatini tan olmasligini aytdi.
“Konstitutsion jarayon davom etişiga yöl qöyib beriş kerak. Biz har bir qonuniy byulleten hisobga olinişi va birorta ham noqonuniy byulleten hisobga olinmasligini kafolatlagan holda saylovning haqqoniyligini himoya qilamiz”, — dedi Tramp.
Uning ta'kidlaşiça, ovozlarni hisoblaş maşinalari saylovçilarning ovozlarini almaştirib yuborgan va ularni Bayden hisobiga ötkazgan.
“Bu saylov ilgari heç qaçon bölmagan ulkan tovlamaçilik böldi. Kuzatuvçilarga saylovni kuzatiş imkoni berilmadi, bu noqonuniy. Saylov soxtalaştirildi, buni hamma biladi. Köplab OAV va hatto sudlar ham saylovda kim yutganini biladi, ammo bizning haqligimizni tan olişdan boş tortişyapti. Yakunda men har qanday aniq natijani tan olişga tayyorman. Bayden ham tayyor deb umid qilaman. Ştatlardagi ovoz beriş natijalarini özgartirib yuboradigan ön minglab ovozlar bor”, — dedi u.
AQŞda noyabrda ötgan prezident saylovining rasmiy natijalari hali e'lon qilinmadi. OAV hisob-kitoblariga köra, demokrat Jo Bayden prezident böliş uçun yetarliça ovoz töplagan. Biroq Donald Tramp raqibining ğalabasini tan olmayapti va muhim ştatlarda ovoz beriş natijalari böyiça da'volaşmoqda.
OAVning ma'lumot berişiça, Tramp 2024 yilgi prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligini aytgan.












