Fizik olim Muhsin Faxrizodaning qasddan öldirilişiga javoban rasmiy Tehron uranni boyitişga qayta bel boğladi. New York Times buni Bayden ma'muriyatiga Trampning fitnasi sifatida baholamoqda.
AQŞ fevralgaça sanksiyalarni bekor qilmasa, Eron yadro böyiça xalqaro ekspertlar guruhini mamlakatdan çiqarib yuborişi ham mumkin.
Eronning bu yurişi AQŞ hamda Isroil maxsus xizmatlari tomonidan atom qurolini yaratişda Tehronning asosiy odami deb hisoblangan Muhsin Faxrizodaning ölimi bilan boğliqmi yo boşqa sababmi – aniq emas. Fors rasmiylari olimning ölimi uçun qasos olişga ont içişgan.
Yangi rejaga köra, Eronning Atom energiyasi agentligi zudlik bilan uranni 20 foizgaça boyitişi közda tutilgan. Bu 2015 yilda Obama ma'muriyati bilan kelişilgan dasturning eng yuqori darajasi edi. Bayden jamoasi oldida murakkab vazifa turibdi.
Bu darajada boyitilgan uran, uning quvvatlarini olti oy içida bombaga aylantiriş imkonini beradi.
Ekspertlar mamlakatdan badarğa qilinmasligi uçun Eron neft va banklarga qöyilgan sanksiyalar olib taşlanişiga 2 oy muhlat berdi. Xalqaro atom energiyasi inspektorlari tomonidan ötkazib turiladigan tekşiruvlar Eronning atom dasturi haqidagi yagona işonçli manba edi.
Şaroit Bayden ma'muriyatidan tezlikda Eron bilan muzokaralarga kirişişni taqozo etyapti. Bayden Eron 2015 yildagi kelişuv şartlariga könsa, muzokaralarni qayta boşlaşga tayyor ekanini ma'lum qilgan.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qalibaf «Eronning bu qarori Ğarbga bir tomonlama öyin tugaganini bildiradigan xabar» deya bayonot bergan.















