YUNISEFning Özbekistondagi doimiy vakili Munir Mamedzade Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan taşkil qilingan konferensiyada şu haqda ma'lumot berdi.

«Imkoniyati çeklanganlar huquqlari bilan işlaş borasida alohida yondaşuv talab qilinmoqda. Özbekistonda bu boradagi qonunçilik tizimini takomillaştiriş zarur. Afsuski, mavjud qonunçilik tizimi töla himoyani amalga oşira olmayapti.

Yaqinda qabul qilingan «Nogironligi bor şaxslarning huquqlari töğrisida»gi qonunga «nogironlik belgisi bilan diskriminatsiya qiliş», «nogironlikni aniqlaş» tuşunçalari kiritildi. Bundan juda xursandmiz. Lekin umumiy olganda, milliy qonunçilik xalqaro qonunçilik normalari va «Nogironligi bor şaxslarning huquqlari töğrisida»gi xalqaro konvensiya talablariga töla javob bermaydi», – dedi YUNISEF vakili konferensiyada.

Munir Mamedzadening ta'kidlaşiça, imkoniyati çeklanganlar ta'limi bilan boğliq muammolar ham bor.

«Masalan, Özbekistonda soğlom bolalar 100 foiz örta ta'lim oliş imkoniga ega bölsa, imkoniyati çeklangan bolalarning 83 foizi bunga muvaffaq bölyapti. Umuman olganda, bu yomon körsatkiç emas.

Imkoniyati çeklangan bolalarning maktabgaça ta'lim bilan qamrab olinişi esa soğlom bolalarga qaraganda 20 foiz kamroq», – dedi Munir Mamedzade.

Uning qayd etişiça, ayni paytda Xalq ta'limi vazirligi bilan ta'lim masalalari böyiça hamkorlikda işlanmoqda.