Indoneziyaning Bali oroli şarqiy hududlarini qamrab olgan oçarçilik koronavirus pandemiyasi sababli kuçaymoqda. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar berdi.

Telekanal ma'lumotiga köra, çeklov çoralari kuçaytirilişi oqibatida mintaqaga turistlar oqimining keskin kamayişi va kambağallaşiş sababli töyib ovqatlanmaslik muammosi şahar hududlarida ham tarqalmoqda.

Xususan, orolning boşqa hududlarida xizmatlar sohasida işlaydigan qarindoşlari topgan mablağ evaziga kun keçiradigan Karangasem okrugidagi aholi orasida oçarçilikka duç kelganlar soni keskin oşganligi qayd etilgan.

Ma'lumotlarga köra, orol YaIMning 60 foizga yaqini turizm hissasiga töğri keladi. Orolda avgust oyida işsizlik darajasi 5,6 foizga oşgan, 105 ming iş örni yöqotilgan.

Buning ustiga, Balida «kovid-kambağallar» — ozgina maoşga kun keçirgan, ammo pandemiya sababli ovqatga ham pul topolmay qolganlar soni ösgan.

 «Ular ilgari işlagan, ustidagi kiyimi yoki mototsikli yangiligi uçun durustdek köringan örta toifadagi odamlar bölib, aslida ular ham qaşşoq hisoblanadi», — dedi Scholars of Sustenance Foundation Bali xayriya taşkiloti rahbari Dijyey Denton.