Fazoviy qurilma modullaridan biri Oy sirtiga qönib, undan tuproq namunalarini olgan hamda Oy sirtida 12 gramm keluvçi bayroqni örnatgan. “Çan'e-5” buning isboti sifatida Oyda örnatilgan bayroq suratini Yerga yuborgan.
Bayroq va uning flagştogi maxsus materialdan işlangan bölib, bor-yöği 12 gramm keladi.
“Çan'e-5” qurilmasi 24 noyabrda “Çançjen-5” raketasi yordamida orbitaga çiqarilgandi. Qurilmaning qaytariluvçi moduli Oydan olingan tuproq namunasi bilan 16 dekabrda Yerga qönişi rejalaştirilgan.

Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoy 44 yil içida Oy sirtidan olingan geologik namunalarni Yerga yetkazgan birinçi davlat böladi.












