Şaharning çegaradoş hududida harakatlanayotgan şaxs xodimlar tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgaç, şu yerdagi uylardan biriga qoçib kiradi va yaşirinişga urinadi.
Mazkur xonadon belgilangan tartibda közdan keçirilib, qoçişga uringan şaxsning qölidagi sumka oçib körilganida, uning içida 7 boş loçin borligi aniqlandi.
Noqonuniy ravişda olib ötişda atrofdagilarga sezdirmaslik maqsadida quşlarning közi, oyoqlari boğlab qöyilgan, qanotlari esa skotçlangan. Şuningdek, ular sumkaga ziç holatda joylaştirilgan.
Hozirda mazkur loçinlar Toşkent hayvonot boğida saqlanmoqda. Keltirilgan kuni ularning 4 nafari oğir ahvolda bölgan. Hayvonot boği veterinarlari tomonidan körsatilgan muolaja va parvarişlardan söng ularning ahvoli yaxşilangan.
Amaldagi tartiblarga köra, loçinlarga çip örnatildi va endi ular Xalqaro reyestrga kiritildi. 90 kunlik karantin şaroitidagi parvarişdan söng loçinlar yana tabiat qöyniga uçirib yuboriladi.


Özbekistonning 2019 yilda çop etilgan Qizil kitobiga “itolği” nomi bilan kiritilgan uşbu loçinlar asosan Ğarbiy Tyanşan va Hisor-Oloy toğ tizmalari hamda Qizilqum çölida uçraydi. Sönggi hisob-kitoblarga köra, mamlakatda bu kabi itolği loçinlari keskin kamayib, hozirda atigi 70 juft saqlanib qolgani taxmin qilinadi.
Loçinlarni noqonuniy ravişda olib çiqişga uringan şaxslar ularning har birining bahosi örtaça 30 mln. sömdan ekanligini ta'kidlaşgan. Dunyo böylab qora bozorlarda loçinlarning narxi 15 ming AQŞ dollaridan 150 ming AQŞ dollarigaça baholanadi. Ular qölga örgatilganida bahosi bir neça million dollargaça yetişi mumkin.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.












