Qayd etilişiça, bugun mamlakatda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining uluşi 10 foizni taşkil etadi, qolgan 90 foizi an'anaviy manbalardan işlab çiqarilmoqda.
“Respublikada elektr energiyasi işlab çiqarişning yangi yönalişlarini joriy qiliş maqsadiga erişiş uçun qayta tiklanadigan manbalarning şamol va quyoş energiyasi kabi ustuvor turlaridan foydalaniş imkoniyatini beradigan texnologiyalarni özlaştiriş, ularni amaliyotda qöllaş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Şamol energetikasi böyiça yetakçi mutaxassislarning fikriga köra, Özbekiston geografik joylaşuvi va iqlim şaroiti bois uşbu yönalişda ulkan salohiyatga ega.
Özbekiston QTE yönalişini izçil rivojlantiriş maqsadida şamol generatorlarini bunyod etiş, ulardan foydalaniş böyiça raqobatbardoş şartlarni taklif qilayotgan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
2020 yil 8 iyun kuni Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA)ning «Masdar» kompaniyasi örtasida investitsiyaviy şartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga köra, BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida şamol elektr stansiyasini (ŞES) loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş va undan foydalanişni ta'minlaydi.
Bu «Masdar» tomonidan respublikada amalga oşirilayotgan ikkinçi yirik loyiha. Ötgan yil oktyabr oyida kompaniya davlat-xususiy şeriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyoş elektr stansiyasini quriş böyiça tenderda ğolib çiqqan. Loyiha böyiça tegişli kelişuvlar 2020 yil yanvar oyida imzolangan.
“Energetika vazirligi mutaxassislari Özbekistonda şamol elektr stansiyasini quriş va undan foydalaniş loyihasini amalga oşiriş 600 million dollardan ortiq miqdordagi töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda 1 ming 300ta yangi iş örni yaratiş imkoniyatini berişini ta'kidlamoqda.
Elektr stansiyaning foydalanişga topşirilişi yiliga 1,8 gVt/soat miqdorida arzon elektr energiyasi işlab çiqariş hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qiliş va mustahkamlaşga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xöjaligining ehtiyojini qoplaydi, deganidir.
Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etiş elektr energiyasini işlab çiqarişda işlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kub metrgaça kamaytiriş imkoniyatini taqdim etadi. Bu, şuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boşqa ehtiyojlarga yönaltiriladi, atmosferaga çiqariladigan karbonat angidrid sezilarli darajada (yiliga 1,1 million tonna) kamaytiriladi, degani”, — deyiladi vazirlik ma'lumotida.











