“ÖzR FA Astronomiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasining akademigi (The World Academy of Sciences, TWAS) Bobomurod Ahmedov Islom dunyosi fanlar akademiyasi (Islamic World Academy of Sciences, IAS) a'zosi etib saylandi”, — deya ma'lum qildi FA matbuot xizmati.

Iordaniyaning Ummon şahrida joylaşgan IAS akademiyasi 1986 yilda Islom dunyosi mamlakatlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun fan va texnologiyalarni tarğib qiliş maqsadida taşkil etilgan. 

IAS akademiyasi, şuningdek, Islom Hamkorlik Taşkilotining (IHT) Ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça doimiy qömitasi (COMSTECH) hisoblanadi. Uning a'zosi böliş olimning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinişini anglatadi.

“2020 yil 1 dekabr kuni Iordaniyaning Ummon şahrida Islom dunyosi fanlar akademiyasi Boş assambleyasining 22-yalpi yiğilişi bölib ötdi, unda yangi a'zolar, şu qatorda Özbekistonlik olim – Bobomurod Ahmedov ham saylandi”, — deyiladi xabarda. 

Ma'lumot uçun, Özbekistonda relyativistik astrofizika böyiça yangi ilmiy maktab yaratgan olim Fizika-matematika fanlari doktori, professor B.J. Ahmedov Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasining mudiri sifatida faoliyat yuritib keladi. Bobomurod Ahmedov Özbekistonda 2017 yilda eng köp havola qilingan muallif («Highly Cited Author», Web of Science), 2018 yilda "Yil olimi - 2018" («Researcher of theYear», Scopus) mukofotlariga sazovor bölgan.