Mutasaddi bunday qonunbuziliş holatlari mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta'sir körsatiş barobarida respublikada insofsiz raqobat avj olişiga sabab bölayotganini aytib ötdi.
«Bugungi kunda insofsiz raqobat oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika va salqin içimliklar bozorida köp uçramoqda. Ya'ni ma'lum bir tadbirkor öz brendini rivojlantiriş maqsadida ançagina pul xarajat qilib bozorda tanilib olganidan keyin yaxşigina daromad olaman deb turgan paytda insofsiz raqobatçilar marketingga pul ketkazgisi kelmaydi-da, bitta harfini yoki körinişini özgartirib qöyadi.
Köp iste'molçilar, ayniqsa yoşlar xarid vaqtida körinişi köçirilgan mahsulot nomini öqib körmaydi. Tovar qaysidir mahsulot brendini eslatsa böldi, «bu ham öşa işlab çiqaruvçining yangi mahsuloti bölsa kerak», deb öylaydi va sotib oladi. Bu qonunbuziliş holati hisoblanadi. Natijada Özbekistonning investitsion jazibadorligiga putur yetadi.
Çunki uşbu mamlakat hududida faoliyat yuritaman deb kelayotgan çet el investorlari Özbekistonda ularning intellektual mulkka oid huquqlari himoya qilinişiga işonçi hosil bölişi kerak.
Biz şu paytga qadar ançagina çet el investorlariga tegişli brendlarini Özbekistondagi insofsiz raqobat holatlaridan himoya qildik.
Masalan, Colgate, Red bull, Samsung, Coca-Cola, Sanofi, Mars, Nestle, Lada va boşqa köplab brendlar qömitamizga insofsiz raqobat masalasida murojaat qilişgan. Ya'ni bizning tadbirkorlar ularning tovarlarining taşqi körinişini «kopiya» qilib sotayotgani haqida şikoyatlar kelib tuşgan», deya rais örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, qömitaga 2020 yil yanvar-noyabr oylari davomida insofsiz raqobat masalasida 242ta ariza kelib tuşgan. Şundan 48ta korxona qonunlarni buzganini tan olgan. 2019 yilda esa bu raqamlar 195tani taşkil etgandi.











