Qarorga köra, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasida 2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari örnatilişini taşkil etiş huquqi beriladi.
Maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari örnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktiriş elektron auksion savdolari orqali amalga oşiriladi.
Elektron auksion savdolarida ğolib bölgan tadbirkorlarga bunday joylar çeklanmagan muddatga va boşqa tadbirkorga ötkaziş huquqi bilan biriktiriladi.
Şunga köra, 2021-2022 yillarda respublika böyiça jami 3 356ta intellektual videokameralar hamda 763ta statsionar radarlar örnatiladi.












