Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Tesla kompaniyasi S&P 500 indeksiga kiritilişiga hali 2 hafta bor bölsa-da, qimmatlaşda davom etmoqda. Jumladan, kompaniya oxirgi 9 kun içida 100 milliard dollarga qimmatlaşdi.
Nasdaq’ning xabar berişiça, kompaniyaning umumiy qiymati 600 mlrd dollardan oşdi. 7 dekabrda kompaniya aksiyalari 7,1 foizga qimmatlaşib, bir donasi narxi 641 dollarga yetgan.
Uşbu natija hisobiga kompaniya Amazon, Facebook, Apple, Alphabet va Microsoft kompaniyalaridan keyin kapitallaşuvi 600 mlrd dollardan yuqoriroq bölgan dunyodagi 6-kompaniyaga aylandi.
Tesla aksiyalari 21 dekabrdan S&P birja indeksiga kiritiladi. Kompaniya uşbu indeksga kiritilişi 16 noyabrda ma'qullangandan keyin 220 mlrd dollarga (57 foizga) qimmatlaşgan.
Tahlilçilarning prognoziga köra, Tesla aksiyalari narxi yil oxirigaça 780 dollarga yetişi mumkin.
Bunday natijalar ortida Ilon Maskning boyligi 152,9 mlrd dollarga yetgan.
Mask bir neça haftadan beri dunyoning eng boy odamlari röyxatida 2-örinni egallab kelmoqda. Joriy yilning özida tadbirkorning boyligi 120 mlrd dollarga köpaygan.
Ayni vaqtda Mask bu borada Amazon rahbari, 185 mlrd dollarga ega Jyeff Bezosdangina ortda qolmoqda.












