Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani «Abay» MFY hududida joylaşgan töqayzorda kesilgan daraxtlar böyiça murojaat Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspektorlari tomonidan joyiga çiqib örganildi.

Davlat ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, örganiş davomida daraxtlar qişloq xöjaligi xaritasining 34 konturida joylaşgan töqayzorda kesilganligi ma'lum böldi. Umumiy kesilgan daraxtlar soni 52ta, şundan 46 tup tol hamda 6 tup turonğil tag qismidan kesilgan.

Vazirlar Mahkamasining «Davlat örmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanişni tartibga soliş va ulardan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 444 mln 773 ming sömni taşkil etdi.

Ayni damda mazkur hudud egasi hamda kim tomonidan amalga oşirilganligini aniqlaş böyiça suriştiruv işlari davom etmoqda.

Töplangan hujjatlar Toşkent tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga örnatilgan tartibda taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.

Holat yakunlari böyiça axborot qöşimça ravişda taqdim etilişi aytilgan.