Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Çempionlar ligasi doirasida «Pari Sen-Jyermen» (PSJ) va «Istanbul» jamoalari örtasidagi uçraşuvda hakamning irqçilik ruhida aytgan sözlari zamonaviy Fransiyada irqçilik qançalik kuçli ekanligini körsatişini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
«Bunday munosabatni keçirib bölmaydi. Biz hali ham Fransiya irqçilik iddaosi va harakatlari kuçayib borayotgan mamlakatga aylandi degan fikrdamiz», — dedi Erdöğan.
9 dekabr kuni Parijda «PSJ» va «Istanbul» jamoalari örtasidagi uçraşuv boşida irqçilik mojarosi yuzaga kelib, öyin 16-daqiqada töxtatildi. Törtinçi hakam Sebastyan Koltesku irqçilik ruhidagi sözni işlatgaç, turklar jamoasi maydonni taşlab ketdi.
Versiyalardan biriga köra, Koltesku Veboni «qora» deb atagan, şundan keyin «Istanbul» forvardi Demba Ba referining oldiga çopib kelgan va keskin norozilik bildirgan. Boşqa versiyaga köra, Koltesku Bani haqoratlagan va uni «qora yigit» deb atagan, Ba va Vebo uning bu harakatiga norozilik bildirişgan. Yakunda boş hakam Ovidiu Xatsegan murabbiyga bahslaşuv uçun qizil kartoçka körsatgan.












