Unilad naşrining xabar berişiça, Aeson deb nomlangan sun'iy yurak örtaça odam yuragidan 3 marta oğirroq. Uni yaratgan kompaniya 27 yildan beri sun'iy yurak işlab çiqiş ustida işlar olib boradi.      

Sun'iy yurak datçiklar va normal qon oqişini ta'minlovçi gidravlik tizim bilan jihozlangan hamda jismoniy maşğulotlar vaqtida yuqori sur'atlarni qöllab-quvvatlaş uçun qon oqişining tezligini sozlay oladi. Bu esa uşbu yurakni olganlar karavotga mixlanib yotiş yoki doimiy ravişda maxsus qurilmalarga ulangan böliş örniga kuniga 4 soatga yaqin harakatlanişlari va bir qurilmani 5 yilgaça işlatişlari mumkinligini anglatadi.     

Carmat’ning sun'iy yuragi inson yuragi vazifalarini bajaradi va qon oqişini yengillaştiruvçi 4ta biologik klapan, 2ta qorinça, 2ta mikronasos, datçiklar, taşqi qurilma, batareya va qurilma işlaşini kuzatiş uçun pultni öz içiga oladi.  

Fransuz kompaniyasi töliq implantatsiya qilinuvçi yurakni yurak yetişmovçiligining oxirgi bosqiçidan aziyat çekuvçi bemorlarda qöllaşni rejalaştirmoqda. Avvalroq uşbu sun'iy yurak örnatilgan bemor ortidan 2 yillik kuzatuv natijalari muvaffaqiyatli bölgani ma'lum qilingan.   

Kompaniya sun'iy yurakni sotiş uçun Yevropa mutasaddi idoralarining ruxsatini 10 yil kutişiga töğri kelgan. Şu tariqa, fransuz kompaniyasi Yevropa tarixida sun'iy yurak sotişga ruxsat olgan birinçi kompaniya böldi. Qurilma 2021 yil ikkinçi yarmida bozorga çiqarilişi kutilmoqda.