10 dekabr kuni onlayn formatdagi II Xalqaro reytinglar forumi bölib ötdi. Unda Özbekiston hukumati rasmiylari, tadqiqotçilar va xalqaro ekspertlar qatnaşdi.

Tadbirda söz olgan boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov Özbekiston tomonidan körilayotgan iqtisodiy çoralar hamda ularning xalqaro reyting va indekslarga ta'siri haqida gapirdi.

«Özbekiston Respublikasi özining suveren reytingini 2020 yilda pandemiya şaroitida ham saqlab qoldi. Şu bilan birga, «Global innovatsion indeks», «Raqobatbardoş sanoat unumdorligi indeksi» hamda «Töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni tartibga soliş indeksi» böyiça ham Özbekiston birinçi bor natijalarini e'lon qila boşladi.

Xalqaro reyting va indekslarda Özbekistonning natijalari yaxşilanişi hamda xalqaro maydonda ijobiy nufuzini yaratiş tabiiyki amalga oşirilayotgan islohotlar bilan boğliqdir», – deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U öz nutqida davlat iştirokidagi korxonalarni transformatsiya qiliş va davlat aktivlarini xususiylaştiriş uçun tayyorlaş çoralariga ham töxtaldi.

«Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qilişni jadallaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştiriş uçun tayyorlaş va investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş çoralari ham belgilab olindi.

Bunda 32ta yirik davlat korxonalari va xöjalik birlaşmalari transformatsiya qilinadi. 15ta köçmas mulk obektlari esa xususiy sektorga sotiladi», – dedi Jamşid Qöçqorov.

Boş vazir örinbosari Özbekiston pandemiya şaroitida iqtisodiy ösişni saqlab qolişi kutilayotgan MDHning kamdan kam mamlakatlaridan biri ekanini qayd etdi.

«Özbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo, şuningdek, hamdöstlik mamlakatlari orasida global pandemiya şaroitida ijobiy iqtisodiy ösiş sur'atlarini saqlab qolişi kutilayotgan kamdan kam mamlakatlardan biri», – ta'kidladi Jamşid Qöçqorov.

Ma'lumot uçun, 2020 yil davomida S&P Global Ratings va Fitch Ratings xalqaro kredit reyting agentliklari Özbekistonning suveren kredit reytingini «BB-» darajada saqlab qoldi. Fitch Ratings aprel oyida reyting prognozini «Barqaror» darajada saqlab qolgan bölsa, iyun oyida S&P kutilmani «Barqaror»dan «Salbiy»ga özgartirdi.