Fan-texnika | 15:11 / 10.12.2020
3960
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘lom raqobat bo‘lishi uchun: AQSh hukumati Facebook’ni Instagram va WhatsApp’ni sotishga majbur qilishi mumkin

Ta'kidlanishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqlar bozoridagi raqobatchilari Facebook’dan kuchayib ketmasligi uchun katta mablag‘ sarflab ularni sotib olgan.  

Foto: Reuters

Federal savdo komissiyasi (FTC) va AQShning 48 shtati Facebook kompaniyasini sudga berdi. Kompaniya monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishda ayblanmoqda. Da'vogarlar kompaniyaning Instagram va WhatsApp’ni sotishiga erishishmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters.

 «Facebook qariyb o‘n yil davomida mayda raqobatchilarni sindirish, raqobatni yo‘q qilish uchun monopoliyadan foydalanib keldi va buni oddiy foydalanuvchilar hisobiga amalga oshirdi», — dedi Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jyeyms.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqlar bozoridagi raqobatchilari Facebook’dan kuchayib ketmasligi uchun katta mablag‘ sarflab ularni sotib olgan.   

 FTC o‘z bayonotida komissiya sog‘lom raqobat tiklanishi uchun Instagram va WhatsApp sotilishiga erishmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

 Facebook 2012 yilda 1 mlrd dollarga Instagram’ni, 2014 yilda esa 19 mlrd dollarga WhatsApp messenjerini sotib olgan. 

 2019 yil iyulda AQSh hukumati Amazon, Facebook, Google va Apple kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi surishtiruv boshlagandi.  

Mavzuga oid