10 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasining videokonferensaloqa tarzidagi majlisi bölib ötdi. Unda Senat a'zolari, tegişli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Majlisda "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi töğrisida"gi qonunning mamlakat hududiga oziq-ovqat mahsulotini olib kirişga doir qismi Toşkent viloyati va Toşkent şahrida ijro etilişi holatini örganiş natijalari muhokama qilindi.
Majlisda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida buğdoy importi 1,2 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 28 foizga oşganligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozoğiston, Rossiya, Belarus, Malayziya va Ukrainadan olib kirilganligi ta'kidlandi.











