Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda is gazi va gaz portlashidan jabrlanganlar statistikasi ma'lum qilindi
2020 yilning o‘tgan davrida 61 nafar fuqaro is gazidan, 19 nafar fuqaro gaz portlashidan vafot etgan.
Foto: KUN.UZ
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov 2020 yilda is gazi va gaz portlashidan jabr ko‘rgan fuqarolar soni haqida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Unga ko‘ra, 2020 yilning o‘tgan davrida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq jami 52ta holat sodir bo‘lib, ularda 69 nafar fuqaro jabrlangan, 61 nafari vafot etgan. Gaz portlashi bilan bog‘liq 12ta holat kuzatilib, ularda 147 nafar fuqaro jarohatlangan, 19 nafari vafot etgan.
“Bunga ko‘p qavatli uylarda isitish tizimining yo‘qligi, natijada isinish uchun gaz plitalari va elektr isitgich uskunalarini yoqib qo‘yish sabab bo‘lmoqda.
Gaz quvurlarining nosozligi, muvofiqlik sertifikati, avtomatik sozlash, nazorat qilish asboblariga ega bo‘lmagan isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y bermoqda.
Joylarda gaz quvurlari, isitish moslamalari, dudburonlar va shamollatish kanallariga xizmat ko‘rsatish to‘liq darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Tizimdagi muammolar sabab ayrim xonadonlar yillar davomida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan, aholiga tushuntirish berilmagan”, dedi senator aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir bilan ta'minlash holatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan Senat kengashi majlisida.
Mavzuga oid
11:37 / 13.05.2026
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» - energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026