Bugun, 10 dekabr kuni AOKAda Özbekistonning diniy erkinlik böyiça «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar röyxati»dan çiqarilgani yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda mas'ullarga 2018 yili prezident taşabbusi bilan respublika miqyosida Qur'on va hadis musobaqalari ötkazilgani, ammo şundan söng bunday tadbirlar qayta taşkil etilmagani yuzasidan savol berildi.

Savolga Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov javob berdi.

«Qur'on musobaqasini heç kim töxtatgani yöq. Taşkilotçilar Qur'on musobaqasini ötkaziş töğrisida taklif bilan çiqişsa, bu masala dasturlarga kiritiladi va u örnatilgan tartibda ötkaziladi.

«Kimdir töxtatib qöyibdi», degan har xil gumonlarga örin yöq, ehtiyojga köra bunday musobaqalar bölgan, böladi. Hozir ham bu dasturga kiritilgan, diniy soha xodimlari örtasida Qur'on musobaqalari va Hadis musobaqalarini  ötkaziş böyiça takliflarning hammasi qabul qilingan, [tartibi] işlab çiqilmoqda», – dedi Komilov.

Uning sözlariga köra, agar Özbekiston musulmonlari idorasi taklif bilan çiqsa, aholi örtasida Qur'on musobaqasi ötkazilişi mumkin.

«Taklifga qarab biz tayyormiz, marhamat. Agar şunga ehtiyoj bölsa, ötkaziladi. [Qur'on musobaqalarini] töxtatganimiz yöq heç qaçon. Töxtamaydi. Kengroq qamrovda, kiçikroq miqyosda bölişi mumkin, lekin bu musobaqa özining samarasini berib keladi.

[Bunday musobaqalar] soha mutaxassislari, professionallar örtasida ötkazilişi maqsadga muvofiqroq, çunki biz bu yerdagi ğoliblarimizni xalqaro musobaqalarga jönatamiz. U yerda ham har yili önlab juda katta-katta örinlarni olib kelişyapti», – dedi Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekistonda birinçi marotaba keng miqyosda Qur'on musobaqasi ötkazilgan edi. Ğoliblar va ularning yaqinlariga imtiyozli asosda Umra ziyoratiga yöllanma berilgan, oliy örin sohibi – qoraqalpoğistonlik yoş qori Yöldoşbek Nuriddinovga prezident sovğasi sifatida Gentra avtomobili topşirilgandi.

Musobaqadan söng köp ötmay «Hadisi şarif bilimdoni» respublika tanlovi ham bölib ötgandi. Uşbu tadbirlar yangi hukumatning diniy sohaga munosabati avvalgisidan farq qilişini tasdiqlovçi omillardan biri sifatida körilgandi.