Atlantika okeanidagi Janubiy Georgiya oroli tomon ulkan ölçamdagi aysberg yönalmoqda. Aysberg oroldagi yovvoyi tabiatga va millionlab pingvinlarga xavf solmoqda.
Britaniya harbiy-havo kuçlari Britaniyaning dengizorti hududi hisoblangan orolga yönalayotgan 4,2 ming kvadrat kilometr maydonga ega muz bölagi suratini e'lon qildi. Olimlarning fikriça, aysbergning orol bilan töqnaşişi undagi yovvoyi tabiatni yöq qilişi mumkin.
A68a nomi bilan ma'lum bölgan aysberg deyarli orolning özidek keladi. U 2017 yil iyulda Antarktika yarimorolidagi muzlikdan ajralib, 3 yildan köproq vaqtdan beri okeanda suzib yuribdi. Uning dastlabki ölçami 6 ming kvadrat kilometrni taşkil qilgan. Aysbergdan maydaroq muz bölaklari ajralayotgani sababli u tobora öz hajmini yöqotmoqda.
“Aysberg orol bilan qaçon töqnaşişi noma'lum: bu bir neça kun yoki hafta içida yuz berişi mumkin. Çunki aysberg okean oqimi bilan birga goh sekinlaşmoqda, goh tezlaşmoqda. Oqimlar muz bölagini Janubiy Georgiyadan u yoki bu tomonga olib ketişi ham mumkin. Biroq u orolning janubiy çekkasidan 50 kmdan kamroq uzoqlikda suzmoqda. Aysberg şunday harakatlanişda davom etsa, uning orol bilan töqnaşişi muqarrar”, deb aytgan Britaniya Antarktika xizmati mutaxassisi Geraynt Tarling.
Olimlar aysberg orol yaqinidagi sayozlikda köp yillarga qolib ketişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda. Bunday holatda u mahalliy ekotizimga xavf tuğdiradi va orolda hayot keçiruvçi tyulenlar hamda 2 mlnga yaqin pingvinga muammo bölişi mumkin. Bunda uşbu jonzotlarning yaqin atrofda ozuqa qidirişi qiyinlaşadi. Gap şundaki, qirol pingvinlari kabi jonzotlar 16 kungaça ozuqa qidirib kezişi mumkin. Agar aysberg orol yaqinida qolib ketsa, pingvinlarning ozuqa qidirişi çözilib ketişi va ularning oç qolişiga olib kelişi mumkin.
Britaniya rasmiy şaxslarining ta'kidlaşiça, A68a, şuningdek, hududda nazorat va baliqçilik ortidan kuzatuv olib boruvçi hukumat kemalariga tösqinlik qilişi mumkin.












