Fanlar akademiyasi xabariga köra, mobil gibrid quyoş-yonilği elektr stansiyasi olis aholi punktlari va fermer xöjaliklarida avtonom elektr energiyasi va suv ta'minoti, çorva mollarini suğoriş va tomçilab suğoriş tizimlarida işlatilişi mumkin. 

Qurilma yengil avtomaşinaga tirkama orqali ulab harakatlantiriladi. U quyoş energiyasi va benzin yonilğisi bilan işlaydi, elektr uzatiş liniyalari tortişga ehtiyoj bölmaydi.

Mobil gibrid quyoş-yonilği elektr stansiyasi iş jarayonida mobil ilova va internetga ulangan sim karta orqali masofadan turib boşqariladi.