Fransiyada Amerikaning Google va Amazon kompaniyalari foydalanuvçilarni himoya qiliş töğrisidagi qonunni buzgani uçun jarimaga tortildi.

Google 100 mln, Amazon esa 35 mln yevro miqdorida jarima tölaydi, deb xabar qildi Fransiya şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş muassasasi.

Muassasa Google.fr va Amazon.fr saytlarini foydalanuvçilarning kompyuterlariga avtomatik ravişda kuki fayllarini örnatişda ayblamoqda. Uşbu fayllarning aksariyati reklama maqsadlariga möljallangan.

35 mln yevro miqdoridagi jarima Amazon Europe Core kompaniyasiga solingan. Google bilan boğliq holatda esa Google LLC kompaniyasi 60 mln, Google Ireland Ltd esa 40 mln yevro tölaydi.