Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hunar orqali kamu ko‘stimiz bitadi, birovga muhtojligimiz yo‘q» - namanganlik ro‘mol to‘quvchi ayol
Namangan tumanining Tepaqo‘rg‘on qishlog‘ida ko‘p yillardan beri qo‘y va echki yungidan qo‘lda ro‘mol to‘qish ommalashgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hududda 1200 dan ortiq xotin-qizlar kasanachilik usulida ro‘mol to‘qish bilan shug‘ullanadi.
Tepaqo‘rg‘onning Bo‘ston mahallasida yashovchi Nargiza Mahkamova ham ana shunday qo‘ligul hunarmandlardan biri. U 10 yoshidan beri ro‘mol to‘qiydi.
Qahramonimiz mana shu hunari orqali kimgadir nafi tegayotganidan juda mamnun, asosiy daromadini ham shu mehnati orqali topadi.
Uning aytishicha, bir kilo echki yungidan o‘rtacha 10 dona ro‘mol tayyorlanadi. Qahramonimiz haftasiga o‘rtacha 5 dona ro‘mol to‘qiydi. Bitta ro‘molning narxi yozda 40-45 ming, qishda esa 37-40 ming atrofida sotiladi.
Haftaning har chorshanba kunida tayyor mahsulotlar xaridorlar tomonidan uydan olib ketiladi. Bir oyda o‘rtacha 100 tagacha ro‘molga buyurtma tushadi, chunki bu issiq va momiq ro‘mollar Qozog‘iston va Rossiya mamlakatlarida xaridorgir hisoblanadi. Mana shunday talab yuqori bo‘lgan paytda qahramonimiz oila a'zolari, kelinlar bilan birgalikda ro‘mollarni to‘qib, bitirishga harakat qiladi.
Yungni sotib olib kelishdan boshlab, yigirish va to‘qishgacha bo‘lgan jarayon qahramonimizga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
«Muhimi, halol mehnat ro‘zg‘orga baraka olib keladi, mana shu hunar orqali kamu ko‘stimiz bitadi, birovga muhtojligimiz yo‘q, shu kasbimdan g‘ururlanaman», — deydi mohir qo‘l sohibasi.
Yulduz Yuldasheva tayyorladi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026