Associated Press axborot agentligining xabar berişiça, Diabdan taşqari, Livanning sobiq moliya vaziri Ali Hasan Halilga, jamoat işlari böyiça vazirlar Ğozi Zaytar va Yusef Fenianosga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan.
Sobiq amaldorlar köplab qurbonlar va vayrongarliklarga olib kelgan loqaydlikda ayblanmoqdalar. Ular 14 dekabrga söroqqa çaqirtirilganlar.
“Ular portda xavfli materiallar saqlangani haqida bir neçta yozma hisobotlar olişganiga qaramay, zarur çoralarni körişmagan. Sobiq boş vazir va sobiq vazirlarga ammoniy nitrat saqlovçi öğitlarni portdan olib çiqişda hayallamaslik tavsiya qilingan, biroq ular tomonidan heç qanday çora körilmagan”, deb ma'lum qilgan tergov komissiyasidagi manba.
4 avgustda Bayrut portida 1500 tonna trotil ekvivalentiga teng kuçli portlaş yuz bergan. Portlaş zarbasi oqibatida şahar içidagi va uning taşqarisidagi minglab uylar vayron bölgan, 200 kişi halok bölgan, 6,5 ming kişi jarohat olgan, 300 mingdan köproq kişi boşpanasiz qolgan. Ma'lumotlarga köra, portlaşga portdagi omborlardan birida bir neça yil davomida saqlanib kelgan 2,7 ming tonnadan köproq ammiak selitrasi alangalanişi sabab bölgan.
Portlaş işi böyiça 25 kişi, jumladan portning öşa vaqtdagi direktori Hasan Kraytam va bojxona xizmati boşliği Badri Dohir hibsga olingan. Tergovga boşçilik qilayotgan sudya Fadi Savvan fojiaga olib kelgan loqaydlik uçun sobiq amaldorlar va kuç tuzilmalari rahbarlarini javobgarlikka tortişini aytgan.
Hasan Diab Livan boş vaziri lavozimini 2020 yil 21 yanvardan 22 oktyabrgaça egallagan. Diab Bayrutdagi portlaşdan keyin hukumatga qarşi boşlangan ommaviy noroziliklar ortida 10 avgustda öz hukumati iste'foga çiqqanini e'lon qilgan, biroq prezident Mişel Aun iltimosi bilan yangi hukumat şakllantirilgungaça öz majburiyatlarini bajarişni davom ettirgan.














