Moliya vazirligi 2020 yilning III çoragida Özbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi şarhini e'lon qildi.
Unga köra, Özbekistonning xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan taşqi qarz portfeli hajmi 8,9 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (30 yilgaça) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.
Xususan, davlat taşqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd. dollar), Jahon banki (3,1 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga töğri keladi. Qayd qiliş kerakki, davlat taşqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta'minlangan bölib, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari hissasiga davlat taşqi qarzining 46,3 foizi töğri keladi.
Özbekistonning asosiy kreditorlari Xitoy Eksim banki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va taşkiloti va boşqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya taşkilotlari hissasiga töğri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni hukumat kafolatlari ostida moliyalaştirilişi uçun qarz mablağlari jalb etilgan.
Kreditorlar oldidagi qarzdorlik böyiça xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalaştiriş natijasida tuşgan mablağlar hisobidan söndiriladi.













