Buxoro viloyati hokimligi madaniy meros departamenti ma'lum qilişiça, qadimiy «Ark qörğoni»ning 2,5 gektardan iborat arxeologiya hududida Özbekistonda birinçi arxeologik parkni taşkil etiş işlari boşlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Arxeologik park loyihasi Özbekistondagi Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlanyapti. Institutning köp yillik tajribasidan kelib çiqib mamlakatda birinçi arxeologik park loyihasi böyiça xalqaro toifadagi ekspertlar takliflar işlab çiqmoqda.

Özbekistonda hozirça yagona qurilişi kutilayotgan arxeologiya parki viloyat tarixiga va turizm rivojiga katta hissa qöşişi hamda viloyatga taşrif buyuruvçi mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun yangi turizm yönalişi böladi.

Ark qal'asi Buxoroning eng qadimgi tarixiy me'morçilik yodgorligi hisoblanadi. U ğarbdan şarq tomon yoyilgan yettiburçakni eslatadi. Oxirgi arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, qal'a devorlari miloddan avvalgi IV davrda barpo etilgan.

Bugun Ark qörğonining saqlanib qolgan 1,1 gektar maydonida Buxoro davlat muzey qöriqxonasi faoliyat yurityapti.