Qayd etilişiça, hammasi bölib mamlakatga 30ta zamonaviy elektrovozlar va ular uçun kerakli bölgan ehtiyot qismlarni olib keliş rejalaştirilgan. Yangi olib kelinayotgan lokomotivlar yölovçi va yuk taşiş uçun möljallangan bölib, murakkab toğli hududlarda oğir yuklarni taşiş quvvatiga ham ega. Elektrovozlar ekologik xavfsizlik jihatidan xalqaro talablarga javob beradi va asinxron tortiş elektr dvigatellari bilan jihozlangan. Lokomotivlarda qöllaniladigan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejaş bilan birga, yoqilği sarfini kamaytiriş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda «Lokomotivlar parkiga 24 dona lokomotiv sotib oliş yöli bilan yangilaş» loyihasini amalga oşiriş közda tutilgan. 2017 yil 27 fevralda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning qarz mablağlarini jalb qiliş bilan Özbekiston va OTB örtasidagi hamkorlik dasturi doirasida «Lokomotiv parkini yangilaş» loyihasini amalga oşiriş ma'qullandi. 2019 yil 30 avgustda OTB bilan loyiha uçun 170 million AQŞ dollari miqdorida kredit şartnomasi imzolandi.

2019 yil 17 iyulda bölib ötgan xalqaro tender natijalari böyiça CNTIC-CRRC-DRLOCO konsorsiumi bilan ikkita kuzovli 24ta elektrovozni (16ta yuk va 8ta yuk-yölovçi) olib keliş böyiça 134,6 million AQŞ dollari miqdorida şartnoma imzolandi. Elektrovozlarni şartnomaga muvofiq yetkazib beriş muddati 2021-2022 yillarda amalga oşiriş belgilandi. 

Şu bilan birga, «Özbekiston temir yöllari» AJning yuk elektrovozlariga bölgan ehtiyojini hisobga olgan holda, 2020 yil yanvar oyida Moliya vazirligi va «Özbekiston temir yöllari» AJ loyihaga ajratilgan summadan tejalgan 35,37 million AQŞ dollar evaziga OTBga qöşimça 6ta elektrovoz va ehtiyot qismlarni olib keliş böyiça qöşimça bitim imzolaşni ma'qullaş töğrisida murojaat qildi. OTB uşbu talabni 2020 yil fevral oyida ma'qulladi.

Şu kunlarda loyihada belgilangan elektrovozlarning birinçi partiyasi, ya'ni 3ta yuk va 1ta yuk-yölovçi lokomotivi hamda ularning ehtiyot qismlari olib kelindi. Joriy yilning 9 dekabr kuni ularning biri (ikki seksiyali yuk lokomotivi)da tegişli sozlaş işlari yakunlangaç, sinov işlari boşlandi. Yaqin kunlarda yangi elektrovozlarning ikkinçi partiyasida yana 5 dona (3 yuk va 2 yuk-yölovçi) elektrovozni olib keliş kutilmoqda. 2020 yil oxiriga qadar elektrovozlarning uçinçi partiyasini, ya'ni 3ta yuk elektrovozni olib keliş rejalaştirilgan. 2021 yilda qolgan 13ta yuk va 5ta yuk-yölovçi elektrovozlar olib kelinadi.