AQŞ-Eron uruşi

AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Eron bilan muzokaralarning yangi bosqiçi bölib ötişini ma’lum qildi.

Avvalroq Tramp Eron va Yaqin Şarqning boşqa mamlakatlari böğozni «zudlik bilan» oçişga olib keladigan kelişuvni yakunlaş uçun vaqt söraganini, ammo Tehron «tezda KELIŞUVGA erişişi» kerakligini yozgandi.

Tramp yakşanba kuni jurnalistlarga muzokaralar duşanba kuni tuşdan keyin boşlanişini aytdi. Biroq u uçraşuv qayerda bölib ötişi va unda kimlar iştirok etişi haqida ma’lumot bermadi.

Eronga kelişuvga erişiş uçun oxirgi muddat qöyilganmi degan savolga Tramp javob berişdan boş tortdi.

«Kelişuvga erişişni afzal köramanmi? Men odamlarni öldiriş niyatida emasman, çunki [uruşda] köplab odamlar öladi. Biz esa buni xohlamaymiz», deb javob berdi Tramp.

Tramp fevral oyi oxirida Isroil bilan birgalikda boşlagan Eronga qarşi uruşni kuçaytiriş bilan bir neça bor tahdid qilgan. Sönggi kunlardagi keskinlik va hujumlar Fors körfazidan Qizil dengizgaça, hatto Misrdagi Örta Yer dengizi inşootigaça kengayib ketgandi.

Yakşanba kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qiliş uçun özining saudiyalik hamkasbi şahzoda Faysal va Pokiston armiyasi rahbari Asim Munir bilan muloqot qilgan.

Eronning rasmiy axborot agentligi Tehron va Omon örtasida Hörmuz böğozi böyiça muzokaralar yakuniy bosqiçda ekanini xabar qildi.

Isroil energetika vaziri, Netanyahuning xavfsizlik kengaşi a’zosi Eli Koen esa mintaqada sodir bölayotgan barça jarayonlar böyiça AQŞ bilan xavfsizlik va razvedka muvofiqlaşuvi mavjudligini ta’kidladi. Uning ta’kidlaşiça, kelişuv bölgan taqdirda ham, Eron şartlarga rioya qilmasa, Isroil «şu yerda böladi».

Moskvada terakt va uruş harakatlari

1-avgust kuni keçqurun Moskvada sodir etilgan terakt oqibatida kamida uç kişi halok böldi va 21 kişi jarohatlandi. Portlaş Moskvaning Kudrinskiy maydonidagi osmonöpar binoda joylaşgan italyan restorani yaqinida yuz bergan.

Rossiya Milliy aksilterror qömitasining bildirişiça, qölbola portlovçi qurilma kötarib olgan noma’lum ayol restoranga kirişga uringan, biroq xavfsizlik xodimi tomonidan töxtatib qolingan. Şundan söng yuz bergan portlaş oqibatida ayol, qorovul va restoranning bir mijozi voqea joyida halok bölgan.