11:00 / 12.12.2020
17642
Reklama

Tuman poliklinikasi hamshirasi MacCoffee'dan «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasida Cobalt yutib oldi

Dugonalar shousi boshlovchisi Indira Miftaxova 9 dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurdi, ammo ma'lum bo‘lishicha, u tibbiy maqsadlarda emas, balki yangi Chevrolet Cobalt'ni tantanali ravishda topshirish maqsadida kelgan ekan. Gap shundaki, aynan shu poliklinikada MacCoffee 3 tasi 1 da Original – «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasining g‘olibi ishlar ekan!

Bosh mukofot – yap-yangi avtomobilga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli poliklinika hamshirasi – latofatli Yulduz Ziyomuhamedova ega bo‘ldi. Yulduz kamtar va ozgina uyatchan qiz. U bizga g‘alaba qozonishni juda xohlaganligini, yutuqli kodni topish uchun kuniga bir necha martalab qahva ichganini aytib berdi. Bundan tashqari, hamkasblar va butun oilasi u bilan birga aksiyada faol ishtirok etishgan.

G‘olibimiz allaqachon bir necha bor MacCoffee'dan hisobni to‘ldirish yutug‘ini yutib olishga muvaffaq bo‘lgan. Va ko‘pchilik faqat viloyatliklar g‘olib bo‘ladi, Toshkentdan g‘olib bo‘lishi mumkin emasligini aytgan bo‘lsa ham (bu haqiqat emas – kompaniya izohi), u ishonishda va aksiyada qatnashishda davom etdi. Hatto onasi ham bosh mukofotni olish imkoniyatiga biroz shubha bilan qaragan, ammo Yulduz ishongan va baribir ishtirok etishda davom etib, oilasini uning maqsadiga erishishida qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Yosh hamshira doimiy ravishda 3223 qisqa raqamiga «MacCoffee 3 tasi 1 da original» aksiyali sashetidagi (promo-qadoq) kodlarini yubordi.

O‘sha muhim kun odatdagidek o‘tayotgan edi. Poliklinikadagi ishlar, sevimli qahva, kodli SMSlarni yuborish... G‘alaba haqidagi xabar qahramonimizni karaxt qilib qo‘ydi. Yulduz shunchalik hayajonlandiki, hatto natijani o‘zi ko‘rolmadi. Bir soat davomida MacCoffee xodimlari g‘olib bilan bog‘lanishga harakat qilishdi. Ishtirokchi dastlab o‘z baxtiga ishonmadi, unga bu xuddi tushdek edi. Ammo poliklinika eshigi oldida Cobalt'ni va uning yonida kalit bilan turgan Indira Miftaxovani ko‘rganida, u g‘alaba ham, sovrin ham haqiqiy ekanligiga amin bo‘ldi.

Yulduzning oilasi juda hamjihat, ishdagi jamoasi ham yaxshi. G‘olibimizning hamkasblari va qarindoshlari tabriklash uchun yig‘ildilar. Ko‘zlarida samimiy quvonch, hasaddan esa asar ham yo‘q, bizning g‘olibimiz atrofida mana shunday odamlar yig‘ilgan.

Kamtar hamshiramiz haqidagi yana bir qiziq haqiqatni onasi oshkor qildi. Gap shundaki, karantin vaqtida Yulduz qariyalardan xabar olgan, kasallarga yordam bergan va jonkuyarlikda oldingi qatorlarda bo‘lgan. Qahramonimizning onasi fikrlashicha, uning qizi yordam bergan insonlarning samimiy minnatdorchiliklari MacCoffee'dan yutuq shaklida namoyon bo‘ldi.

Do‘stlar, biz esa shuni eslatib o‘tamizki, aksiya 28 fevralga qadar davom etadi. Demak, sizda hali ham Chevrolet Cobalt'ning baxtli egasi bo‘lish uchun imkoniyatlar bor va ehtimol keyingi g‘alaba tarixi sizniki bo‘lar. Shuningdek, siz yangi smartfon yoki mobil telefoningiz hisobini to‘ldirishni yutib olishingiz mumkin. Shunchaki, «MacCoffee 3 tasi 1 da original» aksiyali sashetlarini sotib oling, kodni toping va 3223 qisqa raqamiga yuboring.

Biz esa yana bir bor Yulduzni g‘alaba bilan tabriklaymiz va unga eng yaxshi niyatlarni tilaymiz!

Aksiya haqida batafsil bilib oling:

Sayt: maccoffee.uz

Facebook: fb.com/macCoffee3in1.uz

Instagram: @maccoffee3in1.uz

Telegram: t.me/MaccoffeeUzb

Reklama huquqi asosida

Top