Xiva şahridagi Toş hovli saroyining devori buzilişi Özbekistonda madaniy meros obektlari muhofazasi tizimini qayta körib çiqiş kerakligidan darak bermoqda.

Boş vazir örinbosari, YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şu haqda aytib ötdi.

Prezidentning Xorazmga taşrifi munosabati bilan şu yerda bölib turgan Abduhakimov Toş hovli saroyidagi holatni bevosita borib körgani, masala yuzasidan örganiş olib borilayotganini ta'kidladi.

«Albatta, özim şu yerda ekanimdan foydalanib, joyiga borib körib keldim. Buzgan taşkilot devorda oğiş bölgani, uni saqlab qoliş maqsadida şunday qilgani, aks holda butkul qulab tuşib, undan ham köproq zarar keltirişi mumkin, degan fikrlarni aytyapti. Madaniy meros departamenti boşqaça izoh beryapti.

Bu yerda köp savollar oçiq qolyapti. Şunaqa xavf bor ekan, bu nega oldinroq örganilmagan? Örganilgan bölsa, nega oldinroq Ilmiy-ekspert kengaşiga murojaat qilinmagan? Murojaat qilingan bölsa, nega tezda javob çiqmagan?

YuNeSKO bilan hamkorlik böyiça milliy komissiya rahbari sifatida aytamanki, buni şunday qoldirmaymiz. Hozir jiddiy örganişlar olib borilmoqda. Mana şu masalalarni kötarayotgani uçun OAVga rahmat aytişimiz lozim.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, hozirgi tizim samarali işlamayapti. Madaniy meros obektlari muhofazasi tizimini qayta körib çiqişimiz kerak.

Biz madaniy meros obektlarini asrab-avaylaş va restavratsiya qilişning samarali tizimini yölga qöymasak, turizm yönalişida qilayotgan şunça işlarimiz ma'nosiz bölib qolişi mumkin», – dedi Aziz Abduhakimov.

Eslatib ötamiz, Toş hovli devorining bir qismi buzilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgaç, Madaniyat vazirligi buning uçun ilmiy-ekspert kengaşidan ruxsat olinmaganini bildirdi.

Vazirlik axborotiga köra, ta'mirlaş-tiklaş işlarini «Içan-Qal'a» davlat muzey-qöriqxonasi buyurtmaçiligida «Surgut neft stroy» pudratçi korxonasi amalga oşirgan.

Ammo muzey-qöriqxona ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganovning sözlariga köra, devor ta'miri böyiça loyiha hujjatlari ilmiy kengaşdan ötkaziş uçun şu yil avgustda Madaniyat vazirligiga berilgan, ammo oradan 4 oy ötsa-da, biror javob bölmagan.