Bugun «dollar» sözini va u nima ekanligini butun dunyo biladi. Dollar deganda barça eng avvalo Amerika Qöşma Ştatlarini eslaydi. Bu bejiz emas. Bugungi kunda AQŞ dollari kirib bormagan mamlakatning özi qolmagan. Qolaversa, xalqaro tahlillarga köra xalqaro savdoning 80 foizi dollarda amalga oşirilmoqda. Buyuk Britaniya funt sterlingi, Yevropa Ittifoqi yevrosi, yaponlar iyenasi, Xitoy yuani hozirça xalqaro savdolarda dollarga raqobat qila olmayapti.
Dollar haqida umumiy ma'lumotlar:
Belgisi: $
Nomlanişi: dollar
Xalqaro kodi: USD
Bugun AQŞ dollari dunyodagi eng ommabop valuta sifatida qariyb barça mamlakatlarda erkin almaştiriladi. Bundan taşqari, bu valuta rasmiy ravişda dunyoning bir qator davlatlarida milliy pul birligi sifatida işlatiladi. Jumladan:
Amerika Qöşma Ştatlari;
Bermud orollari;
Boneyr oroli (Niderlandiyaning dengiz orti mulki);
Virjin orollari (Buyuk Britaniyaning dengiz orti mulki);
Şarqiy Timor;
Zimbabve;
Marşall orollari;
Palau;
Panama;
Puerto-Riko (AQŞga tegişli);
Saba oroli (Niderlandiyaning dengiz orti mulki);
Salvador;
Sint-Estatius (Niderlandiyaning dengiz orti mulki);
Terks va Kaykos orollari (Buyuk Britaniyaning dengiz orti mulki);
Mikroneziya federativ ştatlari;
Ekvador milliy valuta sifatida AQŞ dollarini işlatadi.
Yuqoridagi davlatlarning ayrimlari dollarni milliy pul birligi sifatida işlatsa, qolganlari öz milliy valutasidan aholi foydalanmay qöyganda dollardan foydalanişga ötgan.
Bundan taşqari, dunyoning yana bir qança davlatlari öz milliy valutasini dollar deb ataydi. Bular: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Hongkong, Singapur, Bagam orollari, Barbados, Beliz, Bruney, Gayana, Kayman orollari, Kiribati, Liberiya, Namibiya, Trinidad va Tobogo, Fiji, Yamayka, Tuvalu, Tayvan, Surinam, Solomon orollari, Kuk orollari.
Mavzuga oid
Pul birliklari
Bugun AQŞ dollari 1, 2, 5, 10, 20, 50, 100 dollarlik banknotlar va 1, 5, 25, 50 sentlik va 1 dollarlik tangalar körinişida işlatiladi. Bir paytlar 500, 1 000, 5 000, 10 000, 100 000 dollarlik banknotlar ham muomalaga çiqarilgan.
Tangalarning xalq orasida tarqalgan öz nomlari bor. 1 sentlik tanga «penni» (penny – tiyin), 5 sentlik tanga «nikel», 10 sentlik tanga «daym» (dime – tanga), 25 sentlik tanga «kvoter» (quarter – törtdan bir), 50 sentlik tanga «xaf» (yarimta) deb ataladi.
AQŞda bir kunda 35 million dona turli qiymatdagi banknotlar işlab çiqariladi. Ularning jami qiymati örtaça 635 million dollar böladi. Bu mablağning 95 foizi eski va yaroqsiz banknotlarni almaştirib beriş uçun işlatiladi. Ma'lumotlarga köra, bitta banknotni yasab, çop etiş örtaça 6 sentga tuşadi. Banknotlar bir xilda 155,956 millimetrga 66,294 millimetr ölçamda zarb etiladi va ularning oğirligi 1 grammni taşkil etadi.
Dollar banknotlarining bazaviy dizayni 1928 yilda tasdiqlangan bölib, unda albatta davlat arbobining portreti tuşirilgan bölişi kerak.
1 dollarlikda 1-prezident Jorj Vaşington;
2 dollarlikda 3-prezident Tomas Jyefferson;
5 dollarlikda 16-prezident Avraam Linkoln;
10 dollarlikda AQŞning birinçi moliya vaziri Aleksandr Gamilton;
20 dollarlikda 7-prezident Endryu Jyekson;
50 dollarlikda 18-prezident Uillis Grant;
100 dollarlikda AQŞ davlat arbobi Benjamin Franklin;
1918 yilda çiqarilgan 500 dollarlikda AQŞ Oliy sudi sobiq raisi Jon Marşall;
1934 yilda çiqarilgan 500 dollarlikda 25-prezident Uilyam Mak-Kinli;
1918 yilda çiqarilgan 1 000 dollarlikda AQŞning birinçi moliya vaziri Aleksandr Gamilton;
1934 yilda çiqarilgan 1 000 dollarlikda 22 va 24-prezident Stiven Grover Klivlend;
5 000 dollarlikda 4-prezident Jyeyms Medison;
10 000 dollarlikda Avraam Linkoln davrida avval moliya vaziri, söng Oliy sud raisi bölib işlagan Salmon Çeyz;
100 000 dollarlikda 28-prezident Vudro Vilson portretlari tuşirilgan. Har bir banknotning orqa tarafiga AQŞ tarixidan hikoya qiluvçi turli illyustratsiya suratlari joylaştirilgan.
Dollar tarixida bir marta unga ayol kişining portreti ham tuşirilgan. 1886 yilda 1 dollarlik banknotga AQŞning birinçi prezidenti Jorj Vaşingtonning xotini Marta Vaşington ham aks etgandi. Öşanda banknotga uning bir özi emas, turmuş örtoği Jorj Vaşington bilan birga joylaştirişadi.
Dollarni qalbakilaştirişdan himoya qiliş
Dollar qalbakilaştirişdan yaxşi himoya qilib kelinadi. Dollar uçun işlatiladigan qoğozni işlab çiqariş vakolati bitta kompaniyaga berilgan. Bu kompaniya özi işlab çiqargan mahsulotni AQŞ federal hukumatidan boşqalarga sotişi taqiqlangan. Dollarni zarb qilişda işlatiladigan böyoqni tayyorlaş formulasi qattiq sir tutiladi. Uning murakkab formulasi AQŞning Zarbxona va Matbaa (Bureau of Engraving and Printing) byurosining siri hisoblanadi.
1990 yilda köz ilğamas yozuvlar va himoya iplari bilan qalbakilaştirişdan yanada kuçliroq himoyalangan dollarlar zarb etila boşlanadi. 1996 yilda dollarni qalbakilaştirişdan himoya qiliş yanada kuçaytirildi. 2003 yilda 20 dollarlik banknotning yangi versiyasi paydo böldi. 2004 yilda 50 dollarlik, 2005 yilda 100 dollarlik, 2006 yilda 10 dollarlik, 2008 yilda 5 dollarlik yangi banknotlar çiqarildi.
2010 yil 21 aprelda AQŞ Ğaznaçilik idorasi, Federal zaxira tizimi (uşbu tizim 1913 yilda taşkil etilgan) boşqaruvçilar kengaşi va AQŞ maxfiy xizmati rasmiylari 100 dollarlik kupyuraning yangi dizaynini namoyiş etişdi. Yangilangan banknotda dollarning an'anaviy körinişi saqlab qolindi. Yangi dollar qalbakilaştirişga qarşi yangi samarali elementlarga ega böldi.
Yangi 100 dollarlik banknotni muomalaga çiqariş, uni işlab çiqariş jarayonida aniqlangan muammolar tufayli biroz ortga suriladi. Oradan uç yil ötib, 2013 yil 8 oktyabr kuni yangi dizayndagi dollar muomalaga çiqariladi. Dollarni soxtalaştiruvçi firibgarlarga qarşi muvaffaqiyatli kuraşiş uçun har 7-10 yilda dollar banknotlarining dizaynini özgartirib turiş rejalaştirilgan. Bunda eski dizayndagi dollarlar birdaniga muomaladan çiqarilmaydi va ular banklarga qaytib borgunça işlatilaveradi.
Dollarni zarb etiş
AQŞda dollarni zarb etişga 12ta bank ruxsat olgan. Ular Federal zaxira tizimi a'zolari hisoblanadi. AQŞ hududi 12 bölakka ajratilgan hamda har bir hududga raqam va harfdan iborat tartib raqami berilgan. Dollardagi raqam va harf uning qayerda zarb etilganini bildirib turadi.
A Boston;
B Nyu-York;
C Filadelfiya;
D Klivlend;
E Riçmond;
F Atlanta;
G Çikago;
H Sent-Luis;
I Minneapolis;
J Kanzas-Siti;
R Dallas;
L San-Fransisko.
Dollar zarb etiladigan qoğoz 25 foiz ziğir tolasi, 75 foiz paxta tolasi aralaştirilib tayyorlanadi. Qoğoz yanada çidamli bölişi uçun unga sun'iy tola bilan işlov beriladi. Dollar qoğozi örtaça 4 ming marta buklaganda ham yirtilmaydi.
Şu paytgaça eng köp 1 dollarlik banknot çop etilgan, eng kami 2 dollarlik. 2 dollarlik banknot sönggi marta 2003 yilda çiqqandi.
Eng katta banknot 100 000 dollarlik
1969 yilgaça AQŞda 5 000, 10 000, 100 000 dollarlik banknotlar ham çiqarilgan. Öşa yili prezident Riçard Nikson Federal zaxira tizimiga yirik qiymatdagi banknotlarni çop etmaslik haqida topşiriq beradi. Şundan söng 100 dollarlik banknot eng yirik qiymatli pul birligi bölib qoladi.
Qiziği şundaki, yirik qiymatdagi banknotlarni çop etiş töxtatilgandan söng ularning qiymati keskin oşib ketadi va turli kolleksionerlar ularni öz qiymatidan bir neça barobar oşiq narxga sotib ola boşlaydi. Dollar tarixida eng qimmat baholangan pul 1890 yilda zarb etilgan 1 000 dollarlik banknot hisoblanadi. 2006 yilda ötkazilgan kim oşdi savdosida uni 2 million 255 ming dollarga sotib olişadi. Bu banknotda general Jorj Gordon Mid tasvirlangan edi.
Dollar tarixi
AQŞning Atlantika qirğoqlarida joylaşgan hududlariga inglizlardan avval niderlandlar kelişgan. Masalan, bugungi Nyu-York örnida öşa paytda niderlandlarning Nyu-Amsterdam şahri bölgan. Öşa paytlar niderlandiyaliklar işlatgan pul birligi talerdeb atalgan. Keyinçalik bu hududga inglizlar va irlandlar köçib kela boşlaydi. Oxir oqibat hududdan niderlandlar siqib çiqariladi. Ammo ular foydalangan pul birligi dollar nomida saqlanib qoladi.
Amerika Buyuk Britaniya mustamlakasi bölgan kezlarda har bir koloniya öz qoğoz pulini çiqargan. Keyinçalik koloniyalar birlaşib Britaniyadan mustaqil bölgandan söng, 1781 yilda ilk marta Şimoliy Amerika banki tuziladi. 1785 yilda AQŞ Kongressi dollarni Şimoliy Amerikada yagona valuta deb e'lon qiladi. Şu tariqa, dollar AQŞ milliy pul birligiga aylanadi.
«Baks» atamasining tarixi
Dunyoning köplab tillarida dollarning laqablari bor. Masalan, Özbekistonda uning rangiga qarab «kök», «karam» deyişsa, Rossiyada «kapusta», «zelen» deb ataşadi. Dollarning dunyo böylab eng ommabop tarqalgan laqabi – bu «baks». Bu söz ingizça buck sözidan olingan bölib, u buğu terisini anglatadi. Dollarning buğu terisini anglatadigan söz bilan ifodalanişining asosiy sababi şundaki, yevropaliklar Amerika qit'asiga borganda u yerda mahalliy aholi vakillari bölgan hindular tuz, öq-dori va şunga öxşaş zarur narsalarni buğu terisiga almaşişgan. Ya'ni buğu terisi pul vazifasini bajargan. Şu sababli dollar şu söz bilan ifodalangan. Şuningdek, «baks» sözining kelib çiqişi haqida boşqa taxminlar ham bor.
«Biz Xudoga işonamiz»
Har bir dollar banknotining yuqori qismida va tangalarda ingliz tilida «Biz Xudoga işonamiz» («In God We Trust») yozuvi tuşirilgan. Bu yozuv ilk bor 1864 yilda tuşirilgan. Oradan qariyb 100 yilça vaqt ötib yuqoridagi yozuv har bir banknot va tangalarda bölişi qonun bilan mustahkamlab qöyiladi. 1956 yilda 34-prezident Duayt Eyzenxauer «In God We Trust» yozuvi dollar banknotlari va tangalarida bölişi lozimligi haqidagi qarorga imzo çekadi.
Dollar va oltin
1792 yilda dollarni qadrsizlanib ketişdan asraş uçun uni oltin bilan boğlab qöyişadi. Öşanda 1 Troya unsiya (Xalqaro ölçov birligi, 1 Troya unsiyasi – 31,1034768 grammga teng) oltinning narxi 19,3 dollar etib belgilanadi. 1834 yilda 1 unsiya oltinning narxi 1,64 dollarga oşib 20,67 dollarni taşkil etadi. Ya'ni 42 yil davomida dollar arzimagan foizlarda qadrsizlanadi. Öşanda dollarni qadrsizlanişdan asraş uçun oltinga boğlab qöyişganining sababi, AQŞda oltin zaxirasi köp edi.
Bir asrdan oşiqroq vaqtda umuman qadrsizlanmagan dollar 1929-1932 yillarda AQŞda sodir bölgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz davrida keskin qadrsizlanadi. 1933 yilda dollarning oltinga boğliqligi bekor qilinadi. Şundan söng, 1934 yilda 1 unsiya oltin bahosi 35 dollargaça kötariladi.
1944 yil 22 iyulda Nyu-Hempşir ştatining Bretton-Vuds şaharçasida xalqaro konferensiya ötkaziladi. Unda dunyoning 44 mamlakatidan 730 nafar delegat qatnaşadi. Uşbu konferensiya uçta muhim iş bilan tarixda qolgan. Konferensiya davomida Xalqaro valuta fondi va Jahon banki tuzilgan. Uçinçi iş – Bretton-Vuds valuta tizimi taşkil etilgan. Bu tizimga köra AQŞ dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingi oltin bilan mustahkamlab qöyiladi. Bu tizimni 1971 yil 15 avgustda AQŞning 37-prezidenti Riçard Nikson bekor qiladi va dollar Bretton-Vuds tizimidan çiqqanini e'lon qiladi.
1976 yilda Yamaykada ötkazilgan xalqaro konferensiyada Yamayka valuta tizimi deb nomlangan tizim tasdiqlanadi. Unga köra, xalqaro va içki bozorlarda valutalar narxini hukumatlar emas, erkin bozor tizimida narxlaş belgilanadi. Bu tizim hanuz işlab kelyapti.
Prezident Riçard Nikson Bretton-Vuds tizimini bekor qilganidan söng dollar oltinga nisbatan tez qadrsizlana boşlaydi. Öşa yil dekabrga borib 1 unsiya oltinning narxi 35dan, 38 dollargaça kötarildi. 1973 yil 13 fevralda ötkazilgan savdoda 1 unsiya oltinning narxi 42,2 dollarga çiqadi. Öşandan buyon oltin narxi oşib kelyapti. Ammo buni dollar qadrsizlanişi deb ham bölmaydi. Nafaqat AQŞda, balki dunyoning istalgan mamlakatida oltin narxi oşib ketgani bilan turli mahsulotlar va xizmatlar narxi dollarda bir neça ön yillardan beri keskin oşayotgani yöq. Şu sababli, holat dollar qadrsizlanyapti deb emas, oltin narxi oşyapti deb talqin etilsa töğriroq böladi.
Sönggi kunlarda ötkazilgan birja savdolarida oltinning 1 unsiyasi 1 867, 13 dollar bölyapti. (8 dekabrdagi narx) Oltin eng qimmatlagan paytda uning 1 unsiyasi uçun 2 000 dollardan teparoqda narx taklif etişdi. Bu joriy yil avgust oyida sodir böldi.
AQŞ Federal zaxira tizimi ma'lumotlariga köra, bugun yer yuzi böylab naqd pul körinişida 1,74 trillion dollar aylanib yuribdi. Uning yarmidan kamroği AQŞda, köproği boşqa mamlakatlarda işlatilyapti.