Özbek siyosatining eng sözamol vakillaridan bölmiş Akmal Saidov «dunyoda konstitutsion islohotlar şarpasi kezib yurgani» haqidagi iborasi bilan yana katta sahnaga çiqdi. Ikki marta prezidentlikka nomzod bölgan Saidov Konstitutsion islohot komissiyasi raisi böldi. Uning fikriça, konstitutsiya dogma kabi qotib qolmasligi, kelajakdagi harakatlar uçun yönaliş berişi kerak.
Saidov hatto AQŞ konstitutsiyasi ham özgartirilganini ta’kidladi. Xöş, AQŞ konstitutsiyasiga qanday tuzatişlar kiritilgan? Nega davlatçiligi «keçagina paydo bölgan» AQŞ konstitutsiyasiga etalon sifatida qaraladi?
1776 yilda ingliz mustamlakasidan ozod bölgan AQŞ 11 yil ötib öz konstitutsiyasiga ega böladi. «Ulkan suvlikning narigi tomonida joylaşgan yangi yer»da paydo bölgan Amerika tabiiyki davlatçilik «keçagina paydo bölgan» ölka hisoblanadi. Ammo zamonaviy dunyoda bu davlat şunçalik rivojlanib ketdiki, undagi qonunçilik, unga rioya qiliş etalonga aylanib qoldi. Şu sabab Akmal Saidov Özbekiston konstitutsiyasi islohotga muhtojligini gapirar ekan, hatto AQŞda ham boş qomusni özgartirişganini misol qilib keltirdi.
1787 yilda qabul qilingan AQŞ konstitutsiyasi juda ixçam körinişda deyiş mumkin. U 7 ta modda va 27 ta tuzatişdan iborat. Moddalar avval yozilgan, keyinçalik kiritilgan tuzatişlar esa alohida kiritilgan. Konstitutsiyada kiritilgan har bir tuzatiş bir bandga ajratilib, uning qaçon qabul qilingani qayd etib qöyilgan.
AQŞgaça ham konstitutsiya unsurlariga ega qomuslar bölgan, masalan, 16 asrda Litva knyazligida. Lekin zamonaviy dunyo davlatçiligida AQŞ konstitutsiyasiga birinçi konstitutsiya deb qaraladi. 1787 yil 17 sentabrda Filadelfiyada qabul qilingan AQŞ konstitutsiyasi öşa vaqtda mamlakatga asos solgan 13 ştat ratifikatsiyasidan keyin kuçga kirgan.
Hozirgaça AQŞ konstitutsiyasiga 27 ta tuzatiş kiritilgan. Dastlabki tuzatiş konstitutsiya qabul qilinganidan 2 yil ötib taklif qilingan va 1971 yilga borib kuçga kirgan. Birinçi özgartiriş paketidan 10 ta tuzatiş örin olgan. XVIII asrda yana bir tuzatiş kiritiladi va u sud bilan boğliq. 11-tuzatiş rasman «Ştatlarning sud immuniteti» deb ataladi unda şunday yozilgan: «Ştatlarda yaşovçi kimgadir qarşi berilgan ariza federal sudlar tomonidan emas, öşa ştatdagi sud tomonidan körib çiqilişi kerak».
XIX asrda AQŞ konstitutsiyasiga jami 4 marta tuzatiş kiritiladi. Xususan, saylovda ovoz beriş jarayoniga özgartiriş kiritilib, AQŞdagi bugungi murakkab saylov tizimi yuzaga keladi. 1865 yilda esa AQŞda rasman qullikka barham berilgani mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlab qöyiladi. Keyingi ikki özgariş bilan AQŞ fuqarolarining tenglik huquqi ta’minlanadi, qizil tanlilar va qora tanli sobiq qullarga ham saylaş huquqi beriladi.
Mavzuga oid
Eng köp özgariş XX asrda amalga oşiriladi. Ötgan asr mobaynida AQŞ konstitutsiyasiga 12 ta tuzatiş kiritiladi. Xususan, daromad soliği, ayollarning saylov huquqi, prezident va Kongressning saylaniş muddatlari, bir kişi ikki martadan ortiq prezident böla olmasligi, 18 yoşdan saylaş huquqi va senatorlarga beriladigan qöşimça huquqlari XX asrdagi tuzatişlar asosida AQŞ konstitutsiyasida mustahkamlab qöyiladi.
Quyida AQŞ konstitutsiyasiga kiritilgan barça özgarişlar sanab ötiladi.
1-TUZATIŞ. Söz erkinligi, e’tiqod erkinligi, matbuot erkinligi, majlis erkinligi, petitsiya beriş erkinligi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
AQŞda konstitutsiyaning har bir moddasiga amal qiliş siyosiy madaniyatga aylangan, ammo mamlakat boş qomusiga kiritilgan birinçi tuzatiş amerikaliklar uçun ayniqsa qadrli hisoblanadi. Unga köra, söz erkinligi, matbuot erkinligi, e’tiqod erkinligi, majlis ötkaziş va petitsiya (norozilik) yiğiş erkinligi qat’iy belgilab qöyiladi. Bu huquqlarning ta’minlanişini amerikaliklar şunçaki «Birinçi tuzatişga amal qil» deb talab qilişadi.
Birinçi tuzatişda Kongress heç qaçon e’tiqod erkinligi, söz erkinligi, matbuot erkinligi, majlis yoki petitsiya yiğiş erkinligini çeklovçi qonun çiqarmasligi belgilab qöyilgan.
2-TUZATIŞ. Qurol saqlaş va uni olib yuriş huquqi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
«Yaxşi taşkil etilgan politsiya mustaqil davlat xavfsizligi uçun muhim bölgani kabi fuqarolarning qurol olib yurişi va uni saqlaş huquqi buzilmasligi kerak», deyiladi ikkinçi tuzatişda.
Amerikaliklar orasida eng köp tortişuvlarga sabab böladigan tuzatiş mana şu deyiş mumkin. Mamlakatda erkin qurol olib yuriş, saqlaş, sotib oliş öz navbatida qurol-yaroğ kontrabandasini ham kuçaytirgan. Şu sabab AQŞda ota-onasidan arazlagan ösmir yigit yoki atrofdagilar e’tiboridan çetda qolgan qariya odamlar töplanadigan joyga borib, köziga köringan odamni otib taşlaşi yangilik emas. 24 may kuni Texasda mana şunday beboşlik 21 kişi ölimiga sabab böldi. Ulardan 19 nafari 9-10 yoşli bolalar edi.
Bu tuzatişda qisqagina qilib şunday deb yozilgan: «Heç bir askar tinç zamonda ham, harbiy holatda ham şaxsiy uylarga egasining roziligisiz kirişi mumkin emas; harbiy holatda istisno tariqasida bunga ruxsat berilişi mumkin, lekin tartibga soluvçi qonun asosida».
4-TUZATIŞ. Özboşimçalik bilan tintuv olib boriş va hibsga oliş taqiqlanadi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Bu tuzatişda kimningdir uyida tintuv ötkaziş uçun asossiz order beriş taqiqlanişi belgilab qöyilgan. Unga köra, orderda tintuv ötkaziladigan manzil, bu uçun keltirilgan asos, agar mavjud bölsa, tintuv obekti aniq körsatilişi şart.
5-TUZATIŞ. Jinoiy protsessual jarayonga jalb etilganlar uçun kafolatlar. Bitta huquqbuzarlik uçun takroran javobgarlikka tortiş taqiqlanadi; öziga qarşi guvohlik bermaslik huquqi taqdim etiladi; rekvizitsiya jarayonida kafolatlar beriladi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Sudlanuvçilar huquqlarini ta’minlaş uçun kiritilgan beşinçi tuzatişga köra, davlat heç kimning mulkini tovonsiz tortib olişi mumkin emasligi belgilab qöyilgan. Şuningdek, bu tuzatiş bir jinoyat uçun qayta javobgarlikni taqiqlaydi. Ya’ni fuqaro sudda oqlanadigan bölsa, öşa ilgari surilgan ayblov bilan boşqa heç qaçon ayblanmaydi.
6-TUZATIŞ. Ayblanuvçilar huquqlari va hakamlar hay’atining sud muhokamasi huquqi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Bu tuzatişga köra, har qanday ayblanuvçi öşa okrug yoki ştatda oçiq va tezda sud qiliniş huquqiga ega. Ayblanuvçi öziga qöyilgan ayblov bilan tanişib çiqişi, işga guvohlar jalb etişi va öz himoyasi uçun advokat xizmatidan foydalaniş mumkin.
7-TUZATIŞ. Fuqarolik işlarini sudda körib çiqiş huquqi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Bu tuzatişda 20 dollardan köproq qiymatdagi mulk tortişuvda bölgan har qanday fuqarolik işlari sudda köriliş huquqiga egaligi belgilab qöyilgan.
8-TUZATIŞ. Haddan taşqari katta miqdordagi garov va jarimalarni, şafqatsiz va ğayrioddiy jazolarni taqiqlaş.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
9-TUZATIŞ. Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqlar boşqa huquqlarga soya soladi, deb talqin etilmasligi kerak.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Töqqizinçi tuzatişga köra, konstitutsiyada mustahkamlangan huquqlar insonlar orasidagi boşqa huquqlarga daxl qilmaydi yoki ularni rad etmaydi. Ya’ni boşqa qonun hujjatlarida belgilangan barça huquqlar konstitutsiyada qayd etilmagan bölmasa-da, amalda böladi.
10-TUZATIŞ. Konstitutsiyada davlat hal qilişi belgilanmagan masalalar ştatlar ixtiyoriga qoldiriladi.
1791 yil, 15 dekabrda kuçga kirgan.
Uşbu tuzatiş bilan ştatlarga boşqa hududlardan özgaça tarzda rivojlaniş uçun ulkan imkoniyat beradi. AQŞda ştatlarning huquqlari öninçi tuzatiş bilan emas, federal hukumat bilan kafolatlangani aytiladi. Bu tuzatişda ştatlarga qandaydir huquq berilişi haqida gap bormagan bölsa-da, ularning huquqlari qaysidir bosqiçda çegaralanmasligiga ham işora qiladi. Aynan şu sabab AQŞning turli ştatlarida turliça tartiblar, qonunlar çeklovlar va erkinliklar bölişi odatiy holat. AQŞ davlatçiligining eng asosiy omillaridan biri federallik hisoblanadi va öninçi tuzatiş mana şu yönalişda ştatlarga katta imkoniyat, mustaqillik beradi.
11-TUZATIŞ. Ştat sudlari immuniteti: biror ştatda yaşovçi fuqaroga qarşi berilgan da’vo arizasi federal sudlarda emas, öşa ştat sudida körib çiqiladi.
AQŞ konstitutsiyasiga XVIII asrda kiritilgan oxirgi özgartiriş bölmiş 11-tuzatiş 1795 yil 7 fevralda kuçga kirgan. Bu tuzatişda nazarda tutilgan talab şuki, ştatlarda qonunçilikdagi farqlar inobatga olingan holda sud işlari ştatlarning özida körib çiqilişi kerak. Bu tuzatiş ştatlar hududiy yaxlitligini ta’minlaş kafolatlangan konstitutsion huquqning amaldagi ijrosi hamdir. Ya’ni ştatlarni boşqa ştat fuqarolari tomonidan beriladigan da’vo arizalaridan himoya qiladi.
12-TUZATIŞ. Prezident saylovlarida ovoz beriş tartibini özgartiriş. 1804 yil 15 iyundan kuçga kirgan.
XIX asrdagi AQŞ konstitutsiyasiga ilk tuzatiş 1804 yilda kiritiladi. 12-tuzatişga qadar AQŞda vakillar faqat prezidentga ovoz bergan. Saylovda ikkinçi örinni olgan nomzod esa vitse-prezident bölgan. Öz navbatida, bir ştatdan ikki nomzodga ovoz beriş böyiça taqiq öz kuçida qolgan. Hozir prezidentlikka nomzodlar vitse-prezident lavozimini özlari taklif qilişmoqda.
12-tuzatiş kiritilişiga 1800 yildagi prezidentlik saylovlarida yuzaga kelgan mojaro sabab böladi. Aynan öşa saylovda konstitutsiyadagi saylov böyiça kamçiliklar körinib qoladi. Tomas Jyefferson va Jon Adams bir xil ovoz olib, ğolibni Vakillar palatasi aniqlab berişi kerak böladi. Oxir-oqibat manfaatlar töqnaşuvi sabab saylov haqqoniy ötganiga şubha kuçayadi. Şu sabab tezda konstitutsiyada bu borada tuzatiş kiritiş harakati boşlanadi.
Aynan AQŞdagi murakkab saylov tizimi sabab 2016 yilgi saylovlarda Donald Tramp demokratlar vakili Hillari Klintonni mağlub etadi. Klintonga Trampdan köra 3 million köproq odam ovoz beradi, lekin vakillar ovozlari soni hal qiluvçi bölgani uçun Tramp yutib ketadi. Saylovçilar töğridan töğri prezidentga ham, öz ştatlarida belgilangan vakillarga ham ovoz beradi. Vakillarga berilgan ovozlar saylov natijasini hal qiladi. Vakillar ştat aholisi soniga qarab belgilanadi. Masalan, eng köp vakillar Kaliforniyada.
13-TUZATIŞ. Quldorlik bekor qilinişi.
1865 yil 6 dekabrda kuçga kirgan.
13-tuzatiş nafaqat AQŞdagi, balki dunyodagi hayot tarzini özgartirib yuboradi. Unga köra, AQŞda quldorlik taqiqlanadi va qullar ozod qilinişi belgilab qöyiladi. AQŞda millionlab qullar ozod etiladi, qul olib kelib sotişga çek qöyiladi. Şundan söng, Markaziy va Janubiy Amerikada köplab davlatlar quldorlikni bekor qila boşlaydi. Şu tariqa, Afrikadan odamlarni qul qilib olib ketiş deyarli yöqolib ketadi.
13-tuzatiş mualliflaridan biri 1861-1865 yillarda AQŞ prezidenti bölgan ilk respublikaçi Avraam Linkoln edi. Bu tuzatişga qaramay, AQŞda quldorlikni bekor qiliş jarayoni oson keçmaydi. Öşa paytda köplab qullarga ega bölgan janublik mulkdorlarning aksariyati bu tartibga qarşi çiqadi. Ular orasida ştat gubernatorlari, ştatlardagi Vakillar palatasi a’zolari va boşqa yuqori martabali mansabdorlar ham bölgan. Quldorlik bekor qilinadigan bölsa, janubiy ştatlar AQŞ tarkibidan çiqib öz konfederatsiyasini tuzişini ma’lum qiladi va örtada uruş boşlanadi. Beş yilga yaqin vaqt davom etgan uruşda quldorlikka qarşi bölgan Şimolning qöli baland keladi va AQŞda quldorlik barham topadi.
14-TUZATIŞ. AQŞ fuqarolarining tengligi kafolatlanib, ştatlar uçun bu tenglikka daxl qiluvçi qonun qabul qilinişi taqiqlanadi; biror ştatdagi saylovlar vaqtida ma’lum bir toifa fuqarolarning huquqlari çeklansa, öşa ştatning Vakillar palatasidagi örni qisqartiriladi; AQŞga qarşi qözğolonlarda qatnaşgan insonlar ştatlar ma’muriyatida işlaşi taqiqlanadi; fuqarolarga AQŞga duşmanlik kayfiyatida bölgani yoki qullarini ozod qilgani bilan boğliq yöqotişlarni qoplab beriş taqiqlanadi.
1868 yil 9 iyulda kuçga kirgan.
Uşbu tuzatişda AQŞda tuğilgan yoki fuqarolik olgan barça teng huquqli ekani belgilangan. Ştatlarga ma’lum toifa fuqarolarni kamsitiş taqiqlangan.
15-TUZATIŞ. Qora tanli sobiq qullar va qizil tanlilarga faol saylaş huquqi taqdim etiladi.
1870 yil, 3 fevralda kuçga kirgan.
15-tuzatişga qadar AQŞda qora tanli sobiq qullar va qizil tanlilar saylaş huquqiga ega bölmagan. «Saylov huquqi Qöşma Ştatlar yoki biror ştat tomonidan fuqaroning irqi va tanasining rangiga qarab çeklanişi kerak emas», deb aniq yozib qöyilgan XIX asrda AQŞ konstitutsiyasiga kiritilgan oxirgi tuzatişda.
16-TUZATIŞ. Mamlakatning barça hududida töğridan töğri federal budjetga borib tuşadigan daromad soliği joriy etiladi.
1913 yil 3 fevralda kuçga kirgan.
Avvalgi asrda irqiy xilma-xillik, qulçilik kabi insonlarni kamsitgan qaraşlarni çeklovçi tuzatişlar kiritilgan bölsa, XX asrdagi tuzatişlar soliq islohoti bilan boşlanadi. 16-tuzatişga qadar ştatlar yiğilgan barça soliqlarni özida qoldirib, federal budjetga soliq topşirmagan. Yangi tartibdan keyin esa daromad soliqlari markazlaşgan tartibda yiğib olina boşlagan.
17-TUZATIŞ. Senat a’zolarini töğridan töğri saylaşni joriy qiliş.
1913 yil 8 aprelda kuçga kirgan.
Bu tuzatişga qadar senatorlarni saylovçilar emas, balki ştatlarning qonun çiqaruvçi organi saylagan. 17-tuzatişda har bir ştatdan Senatga mahalliy fuqarolar tomonidan ikki nafar senator 6 yilga saylanişi, har bir senator bitta ovozga ega bölişi, ştatlarning Senatdagi örni vakant bölib qolsa, mahalliy boşqaruv organi navbatdan taşqari saylov taşkil etişi belgilab qöyilgan.
18-TUZATIŞ. Alkogol içimliklar işlab çiqarişni taqiqlovçi «quruq qonun» qabul qilingan (keyinçalik 21-tuzatiş bilan bekor qilingan).
1920 yil 17 yanvardan kuçga kirgan.
«Quruq qonun»ga köra, AQŞ hududida spirtli içimliklarni işlab çiqariş, taşiş va sotiş taqiqlanadi. Öşa paytda AQŞda turli siyosiy partiyalar, diniy taşkilotlar talabi bilan uşbu tuzatiş joriy qilinadi. Ammo ularni iste’mol qiliş taqiqlanmagan. Bu tuzatiş keyinçalik 21-tuzatiş bilan bekor qilingan.
19-TUZATIŞ. Ayollarga faol saylaş huquqi beriş joriy qilinadi.
1920 yil 18 avgustda kuçga kirgan.
Bu tuzatiş gender tengligini ta’minlaş yölidagi katta qadam böladi. Demokratik tamoyillarga asoslangan AQŞda 19-tuzatişga qadar ayollar saylaş huquqiga ega bölmagan.
20-TUZATIŞ. Prezident va Kongressning faoliyat muddati tugaş sanalari belgilangan.
1933 yil 23 yanvarda kuçga kirgan.
Bungaça prezidentlik muddatlari, heç bir amerikalik ikki martadan ortiq mamlakat prezidenti böla olmasligi belgilab qöyilgandi. 20-tuzatişga qadar AQŞ prezidentlari vakolat muddati tugagan yilning 4 martigaça prezident sifatida faoliyat olib borgan va Oq uyda yaşagan. Şuningdek, yangi saylangan prezident ham şu sanada qasamyod qilgan. 1933 yil 23 yanvardan kuçga kirgan 20-tuzatiş bilan ana şu muddat 4 martdan 20 yanvarga köçiriladi. Öşandan buyon muddati tugayotgan prezident 20 yanvar sanasida Oq uyni böşatadi, hatto aniq vaqt ham belgilab qöyilgan – soat 14:00da.
20-tuzatişda saylangan prezident qasamyod qilgunça öz faoliyatini davom ettira olmaydigan holatda bölsa, uning örnini saylangan vitse-prezident egallaşi, agar u ham layoqatsiz bölib qolsa, vaqtinça prezident vazifasini bajaruvçi Kongress tomonidan belgilanişi qayd etilgan. Odatda bu Kongressning eng yoşi katta vakili böladi.
21-TUZATIŞ. 18-tuzatiş bekor qilinadi; öz navbatida ştatlar doirasida spirtli içimliklar aylanmasiga çeklovlar joriy etiladi.
1933 yil 5 dekabrdan kuçga kirgan.
AQŞ davlatçiligi tarixida konstitutsiyaga kiritilgan tuzatiş faqat bir marta bekor qilingan. Bundan kelib çiqadiki, keyinçalik ham AQŞ konstitutsiyasidagi biror tuzatiş faqat boşqa bir tuzatiş bilan bekor qilinadi. Öşa vaqtda turli ştatlardagi qonunçilik allaqaçon bir-biridan farq qila boşlagani sabab boşqa ştatga yoki AQŞ tasarrufidagi hududga spirtli içimliklarni olib boriş taqiqlangan. Bu boradagi tartibni ştatlarning içki qonunçiligi nazorat qila boşlagan.
22-TUZATIŞ. Bir kişi ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilişi taqiqlanadi.
1951 yil 27 fevralda kuçga kirgan.
Uşbu tuzatişga qadar ham AQŞda bir kişi faqat ikki muddat prezidentlik qilişi borasida tartib bölgan, ammo u konstitutsiyada mustahkamlab qöyilmagan. AQŞning ilk prezidenti Jorj Vaşingtonga u ikki muddat prezidentlik qilganidan söng uçinçi muddatga ham öz nomzodini qöyiş taklif qilingan, ammo Vaşington buni rad etib, özidan keyingi prezidentlarga ham ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilmaslikni tavsiya qiladi. Vaşington bir kişi mamlakatni uzoq vaqt boşqarişi yaxşi oqibatlarga olib kelmasligini aytgan.
Şu tariqa, Vaşingtonning tavsiyasi yozilmagan qoidaga aylanadi va AQŞ prezidenti bölgan şaxslar unga oğişmay amal qilib keladi. Faqat bir prezident, 1933-1945 yillarda AQŞni boşqargan Franklin Ruzvelt mamlakatni ikki muddatdan ortiq boşqargan. 1929-1932 yillarda yuz bergan iqtisodiy va moliyaviy inqirozdan mamlakatni muvaffaqiyatli olib çiqqani uçun Ruzveltga öz nomzodini ikki muddatdan ortiq prezidentlikka qöyişga ruxsat beriladi. U jami tört marta AQŞ prezidenti etib saylanadi va törtinçi muddatining boşida vafot etadi.
Öşa vaqtda vitse-prezident bölgan Harri Trumen Ruzvelt örniga prezident böladi va 1947 yilda bir şaxsning mamlakatni uzoq boşqarişi demokratiyaga zidligini aytib, ikki muddat qoidasini qonun bilan mustahkamlab qöyişni taklif qiladi. Şundan söng, AQŞ konstitutsiyada ikki muddat qoidasi belgilab qöyiladi.
Mustaqil Amerikani Ruzveltgaça 31 nafar, undan keyin esa 13 nafar prezident boşqardi, ammo ularning birortasi mamlakatni uzoqroq boşqariş uçun Jorj Vaşingtondan qolgan norasmiy qoidani buzmagan yoki prezidentlik muddatini uzaytirişga urinmay ikki muddat prezidentlik qilgaç, öz örnini navbatdagi prezidentga böşatib beravergan. AQŞ davlatçiligidagi bu özgarmas qoida keyinçalik dunyo böylab tarqaladi.
Uşbu tuzatiş 4 yil davomida muhokama qilingaç, kuçga kirgan.
23-TUZATIŞ. Prezidentlik saylovlarida Vaşington şahri Kolumbiya okrugidan alohida qilinib, boşqa ştatlarda bölgandek miqdorda vakillar bölişi va ularning soni aholisi eng kam ştatdagidan kam bölmasligi belgilanadi.
1961 yil 29 martdan kuçga kiradi.
Uşbu tuzatiş bilan AQŞ poytaxti Vaşington şahri saylovlarda qonunan boşqa ştatlar bilan tenglaştiriladi.
24-TUZATIŞ. Soliq tölamaganlik uçun saylaş huquqidan mahrum qilişni çeklaş.
1964 yil 23 yanvarda kuçga kiradi.
Uşbu tuzatişda AQŞ fuqarolarining saylaş huquqiga soliq tölamagani daxl qilmasligi belgilab qöyilgan. Unga köra heç bir ştat AQŞ fuqarosiga soliq tölamagani uçun saylaş huquqini taqiqlay olmaydi. Bu tuzatişga qadar ştatlarda fuqarolardan soliqni undiriş maqsadida soliq tölamaganlar saylovga qöyilmagan. AQŞda saylovlarga juda jiddiy e’tibor beriladi va şu sabab saylaş huquqidan mahrum qiliş köpçilik uçun kamsitişdek tuyulgan.
25-TUZATIŞ. Amaldagi prezidentning vakolatlari muddatidan oldin tugatilganda uning vakolatlarini vitse-prezidentga ötkaziş, öz navbatida vakantga aylangan vitse-prezident lavozimini töldiriş tartibi belgilanadi.
1967 yil 23 fevralda kuçga kirgan.
Bu tuzatişga köra, prezident vafot etsa, uning örnini vitse-prezident egallaydi. Böş qolgan vitse-prezident lavozimiga prezident öz nomzodini taklif qiladi. Kongressning ikki palatasi tasdiğidan ötsa, vitse-prezident lavozimga kirişadi.
26-TUZATIŞ. Butun AQŞ hududida saylovda ovoz beriş huquqi 18 yoşdan boşlanişi belgilab qöyildi.
1971 yil 1 iyulda kuçga kirgan.
27-TUZATIŞ. Senatorlar va vakillarning iş haqlarini özgartiriş töğrisidagi qonun Vakillar palatasi qayta saylangandan söng kuçga kiradi.
Bu AQŞ konstitutsiyasiga kiritilgan hozirça eng oxirgi tuzatiş hisoblanadi. 1789 yil 25 sentabrda taklif qilingan tuzatiş 1992 yil 5 mayda kuçga kiradi. Ya’ni tuzatiş 203 yil ötib tasdiqlanadi. AQŞ konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatişlar barça ştatlar ratifikatsiya qilgaçgina kuçga kiradi. 27-tuzatişni Missuri va Alabama ştatlari 1992 yil 5 mayda ratifikatsiya qiladi va şu tariqa 1789 yilda taklif qilingan tuzatiş 1992 yilda kuçga kiradi.
Bu tuzatişga köra, senatorlar yoki vakillar öz maoşlarini oşiriş uçun qandaydir qonun qabul qila olmaydi. Agar bu borada qonun işlab çiqib, tasdiqlansa ham, faqat Vakillar palatasi a’zolari qayta saylangaç kuçga kiradi. Ya’ni qonunçilar amalda özidan keyin keladigan odamlarninggina maoşini qonun bilan kötarişi mumkin.