Jorj Vaşington universiteti talabasi Amira Asqarovaning fikriça, abituriyent qaysi fanni yaxşi bilişi orqali kelajakdagi kasbini tanlaşi kerak emas. Har bir nomzod öz qiziqişlari, salohiyatidan kelib çiqib sohaga kirişi lozim. “Aksariyat talabgorlar “OTMga kirib olsam böldi”, – degan maqsadda böladi. Hozir magistraturada öqib şuni tuşunyapmanki, bu xato ekan”, — deydi u Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Amerikaning Jorj Vaşington universiteti dunyo reytinglarida top 300 talikka kiritilgan eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblanadi. Özbekistonlik Amira Asqarova hozirda şu universitetning magistraturasida "Oliy ta’lim boşqaruvi" yönalişida töliq grant asosida tahsil olmoqda.
Ota yurti asli Buxoro bölgan Amira 1995 yil Toşkent şahrida tuğilgan. U bakalavr bosqiçini Özbekiston Jahon tillari universitetida, magistrlikning ilk davrini Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida tamomlagan. Hozirda ta’lim olayotgan yönalişi ikkinçi magistrlik darajasi hisoblanadi.
Amira Kun.uz'ga bergan intervyusida qanday qilib AQŞga borib qolgani, u yerdagi öqitiş tizimi, töliq grant oliş uçun nimalar kerakligi, qizlarning ta’lim olişi haqida gapirib berdi.
“Imtihonlarda doim yaxşi ball töplasam ham, hatto kontraktga ilinmasdim”
Ikki yil davomida Toşkent şahridagi Inha universitetida talabalar va ularni qöllab-quvvatlaş, akademik boşqaruv bölimlarida faoliyat olib borganman. Aynan mana şu yerda oliy ta’lim sohasiga qiziqiş uyğongan. Şuning uçun bu yönalişda AQŞda öqiyapman. Bunga sababçilardan biri “El-yurt umidi” jamğarmasi hisoblanadi.
AQŞdagi magistratura 2 yillik bölib, hozirda 2-bosqiçda tahsil olyapman. 2 yil davomidagi barça xarajatlarim, ya’ni yaşaş, kontrakt summasi, tibbiy suğurta, aviaçiptalar, viza bilan boğliq barça xarajatlar “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan qoplanadi.
Töğrisini aytsam, özi aslida bakalavriatga 3 yil kirolmay-kirolmay, yiqilib, keyin öqişga qabul qilinganman. Imtihonlarda doim yaxşi ball töplasam ham, hatto kontraktga ham ilinmasdim. Söng omadim kelib, bir yili ballar pastlaganida köpçilik öqişga kirib ketişdi, şu qatori men va döstlarim ham. Bakalavriatdagi 4 yillik ta’lim davomida özimni xorijga ketişga tayyorlaganman. Hujjatlar, IELTS sertifikati böladimi, hammasini tayyorlab, öqişga topşirişni reja qilib yurganman. Öşa vaqtlarda maqsadim Koreyaga ketiş edi, lekin birdaniga pandemiya boşlanib qoldi. Hamma davlatlar öz eşigini yopib, xalqaro talabalarni öqişga qabul qilmay qöyişdi. Topşirişim kerak bölgan ba’zi imtihonlarni ham topşirolmay qoldim. Keyin şu vaqtda dadam özimizdagi OTMga magistraturaga topşirişni tavsiya qildi. Menimça, öşa paytda xorijga ketişimga közlari yetmagan bölsa kerak.

Magistraturaga öqişga topşiradigan yilimda özingiz öqigan sohadan boşqa yönalişga ham hujjat topşirişingiz mumkin edi, bunga ruxsat berilgandi. Aynan men topşiradigan yildan keyin bu amaliyot olib taşlandi. Hamma öziga mos bölgan yönalişga topşirişi kerak böldi. Bu borada ham omadli bölganman, çunki topşirgan yönalişimga kirolmayman deb öylagandim, ya’ni hozir kira olmasam, keyingi yana harakat qilib çetga öqişga, magistraturaga ketaman degan xayolda bölganman. Lekin qarabsizki, magistraturaga qabul qilişgan, kirib ketganman. Afsuslanmayman, juda yaxşi ta’lim berişgan, döstlar orttirganman, iqtisod haqida umumiy tuşunçalar berişgan.
“Parallel ravişda ham öqib, ham işlaganman”
Magistraturada öqişga topşirgan vaqtimda Toşkent şahridagi Inha universitetiga işga ham kirganman. U yerda işlab yurganimda taxminan ikki oylardan keyin javob çiqqan, qarasam, magistraturaga qabul qilinganman, yana şunda ham davlat granti asosida. Keyin “nimaga yöq?” deb, parallel ravişda ham öqib, ham işlaganman.
Faoliyatim davomida talabalar, professorlar bilan işlab, oliy ta’lim boşqaruviga qiziqib qolganman, keyin şu yönalişda magistraturada öqişga qaror qilganman. Keyinçalik Inha universitetidagi hamkasblarim “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali boşqa davlatlarga öqişga ketişgan, şularga havas qilib, ulardan maslahat olib men ham hujjatlarimni tayyorlab, universitetga qabul qilinganman.
Universitet 60 foiz atrofida grant ajratgan. Lekin qolgan qismi ham katta miqdorni taşkil qilar edi. Şunça mablağni topişga, tölaşga özimning kuçim yetmas edi, ota-onamning ham şaroiti bölmasdi. Çunki 40 foiz kontrakt tölovidan taşqari, yaşaş va yölkira xarajatlari bor, bilamiz, AQŞda yaşaş oson, arzon emas. Şularni hisobga olib “El-yurt umidi” jamğarmasiga hujjatlarimni topşirganman. Oradan 2 oylar ötib, stipendiatlar orasida borligimni körganman. Buni körib juda ham xursand bölganman.
“El-yurt umidi” jamğarmasi bilan ötgan suhbat juda qiyin bölgandi. Yönalişim böyiça farmon, qonun, hujjatlardan taşqari, tarixiy bilimlar sinalgan, psixologik savollar ham berilgan. Umuman olganda, savollarga qanday holatda javob berişim, çidamlilik darajamni sinovdan ötkazişgan. Bundan asosiy maqsad şu xorijda öqişni tamomlagaç Özbekistonga qaytib kelib, öz bilimlaringizni şu mamlakat rivojiga işlatasizmi yoki yöq, bularni ham tekşirişgan. Suhbat davomida 10-12 kişi ötirib, ularning har biri har tarafdan savol beradi. Bu narsa biroz qörqitadi, lekin u yerdagi har bir professor, soha mutaxassislari juda samimiy edi. Ularning har biri bu stipendiyaga loyiq ekaningizni isbotlaşingizni kutadi.

“AQŞda faqat kitob öqib, kutubxonadan çiqmay izlaniş qilib ötirmaysiz”
Ayni vaqtda AQŞdagi öqişim juda yaxşi ketyapti. Birinçi kursda osonroq edi, çunki öşa vaqtda osonroq fanlar qöyilgandi. Ya’ni nazariy bilimlari kamroq, amaliyot köproq talab qiladigan fanlarni olgandim. Ikkinçi kursda fanlar biroz qiyinroq, nisbatan olib qaraganda öqiydigan narsalar köp, izlanişlar olib boriş kerak, kurs işlari yoziş lozim. Semestr yakunida har bitta fan yuzasidan “research work”, ya’ni qanday izlaniş qilganingizni söraşadi. Mavzu beriladi, şu mavzu doirasida izlaniş olib boriş kerak böladi. Masalan, bir fanimni tasvirlaydigan bölsam, bizning oldimizga şunday vazifa qöyilganki, u vazifani öz sohasining mutaxassislaridan biri bilan intervyu qilgan holda, boşqa maqolalarni öqib, ularni bir-biriga soliştirib, javoblari orqali izlanişlarni yoziş kerak böladi.
Fanlarim juda qiziq, çunki izlanişlar davomida amaliyotga boğlaşga şaroit yaratib berişgan. Ya’ni faqat kitob öqib, kutubxonadan çiqmay izlaniş qilib, kompyuterda şunçaki yozib ötirmaysiz, sizni kimdan, qayerdan intervyu oliş mumkin bölgan joyga jönatişadi yoki professorlarimizning özlari olib borişadi. Ya’ni izlaniş davomida örganayotgan joydagi odamlar bilan tanişasiz, atmosferani körasiz, qolaversa, ular qanday işlar bilan şuğullanişayotgani bilan tanişib, ular olib borgan izlanişlarni ham örganişingiz mumkin. Töğrisi, bunday darajada yaxşi bölişini kutmagandim, öylaganimdan ham yaxşi bölib çiqdi. Ya’ni men kutgan narsalarning hammasi bor.

“Yillar davomida olingan bilimni 2-3 soatli test bilan sinaş – notöğri”
Men uçun birinçi örinda Özbekistondagi OTMga qabul tizimi boşqaçaroq körinadi. Bizning yillar davomida olgan bilimlarimiz 2-3 soat içida ötkaziladigan testlar orqali sinaladi, menimça, bu – notöğri amaliyot. Hujjat topşirilayotgan oliygoh yönalişiga kelgusida özini bağişlay oliş, bu sohada yangi izlanişlar qila oliş, umuman, bu yönalişga qiziqiş borligi böyiça heç savol berilmaydi. Ya’ni maktab vaqtida, litsey-kollejni bitirişadimi, öqişga kirişim kerak, şu fanlarni öqişim kerak deyişadi.
Töğri, abituriyentlar orasida aniq maqsad qöyib, harakat qiluvçilar bor. Lekin ularning aksariyat qismi OTMga kirib olsam, böldi degan maqsadda böladi. Özimda ham ingliz tilini yaxşi bilaman, testlarni yaxşi yeça olyapman, şuning uçun bu fan imtihonda birinçi blok bölişi kerak, şunda yuqori ball olib, öqişga kirib ketaman degan tuşunçalar bölgan. Hozir magistraturada öqib, aynan şu yönalişda faoliyat olib borib, tuşunib yetyapmanki, bu xato ekan. Ya’ni abituriyent talaba bölmoqçi ekan, öz oldiga aniq maqsadni qöyişi kerak. Qaysi sohaga qiziqişi, bu soha uçun qaysi fanlarni öqişini şu ketma-ketlikda bilib olişi lozim.
Qolaversa, qabul tizimida testdan taşqari, men kiritişni istagan yana bir bosqiç bu – Amerika universitetlariga xos bölgan motivatsion xatlarni yoziş yoki suhbat. Ya’ni bu xatda talabgor özining xohişlari, kelajakda nima iş qilişni istaşi, sohaning qaysi yönalişlari qiziq ekani haqida yozişadi. Ba’zi Amerika oliygohlarida intervyu, ya’ni suhbatlar ham ötkaziladi. Bunday suhbatlarda hujjat topşirilgan soha nomzodga qançalik mos ekanini tekşirişadi. Mana şu jarayonlarni qöşgan bölar edim. Albatta, boşida bu amaliyot qiyinçiliklar olib keladi, çunki Özbekistonda talabalar soni köp, OTMning onlayn platformalari rivojlanmagan yoki işga tuşirilmagan.
Intervyuni töliq yuqoridagi video orqali tomoşa qiliş mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi,
tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.
















