Ma’lum qilinişiça, 2021 yilning birinçi çoragidan boşlab prezident farmoniga köra yaratilgan maxsus platforma orqali bir kunda 10 ming qadam yurgan şaxsning elektron hamyoniga 3 ming söm tuşadi. Bu platforma Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda işlab çiqilmoqda.
«10 ming qadam va undan ortiq yurgan şaxs qanday aniqlanadi?» degan savol tuğilişi mumkin. Bu ilova telefonda yuklanadi va onlayn tizimda işlaydi. Mutaxassislar tomonidan bu platforma şunday yaratilyaptiki, şaxsga tegişli ma’lumotlar (ism-şarifi, böyi, vazni, yoşi) kiritilgan holda röyxatdan ötiladi. Röyxatdan ötilgaç start tugmasi bosiladi va 10 ming qadam va undan ortiq yurilsa, ma’lumot yaratilgan maxsus bazada körinadi. Şu ma’lumot asosida fuqaroning elektron hamyoniga mablağ kelib tuşadi», — dedi Umid Rajabov.















