Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yana nimalar o‘zgardi?
Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2020 yil 2 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kiritildi. Ular qaror e'lon qilingandan e'tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Norma’ning yozishicha, nizomning 19-bandiga quyidagi xatboshilar qo‘shildi, ularga asosan:
- banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, muassislari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularga milliy va chet el valutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin;
- bank hisobvarag‘i tizimda joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan ochiladi.
- 40-band qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagi asoslar bilan to‘ldirildi:
- yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda - BHMning 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
- ulushning boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda - muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi.
O‘z navbatida, 41-banddan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos - xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassislari tarkibida chet ellik yuridik shaxsning mavjud emasligi – yangi tahririda mavjud emas.
Yuridik shaxs tadbirkorlik sub'yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza shakli “Mijozning benefitsiar mulkdori to‘g‘risida so‘rovnoma”, shuningdek “Xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish” bo‘limlari bilan to‘ldirildi. Shu tariqa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda tadbirkor xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yadi.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan.
Hujjat 4.03.2021 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025