Uşbu tarkibni aniqlaşda dunyo böyiça turli OAVlarda faoliyat yuritayotgan 177 nafar sport jurnalisti iştirok etgan. Uşbu OAV vakillari «Oltin töp» ğolibini aniqlaşda muntazam qatnaşib kelgan jurnalistlardir.
«Orzular jamoasi»dan sobiq ittifoq milliy jamoasi darvozaboni, 1960 yilgi Yevropa çempioni, futbol tarixida «Oltin töp»ga loyiq körilgan yagona darvozabon Lev Yaşin ham örin olgan. Futbol tarixidagi eng yaxşi jamoaga quyidagi futbolçilar kiritildi:
Lev Yaşin (SSSR) — Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (GFR), Kafu (Braziliya) — Lottar Matteus (GFR), Xavi (Ispaniya), Diyego Maradona (Argentina), Pele (Braziliya) — Kriştianu Ronaldu (Portugaliya), Ronaldo (Braziliya), Lionel Messi (Argentina).
Ma'lumot uçun, France Football tomonidan jahonning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan «Oltin töp» sovrini 1956 yildan buyon ilk marta 2020 yilda pandemiya sababli topşirilmaydigan böldi.












