AQŞ oziq-ovqat va dori vositalari sifatini sanitar nazorat qiliş boşqarmasi (FDA) Moderna kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasini xavfsiz va samarali deb topdi. Bu haqda boşqarma hisobotiga tayanib Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Unda aytilişiça, vaksina samaradorligi 94,1 foizni taşkil etadi.
Hisobotga köra, vaksina turli irqiy va etnik guruhlar orasida birdek samarali bölgan. Bunda, vaksina samaradorligi yoşi 65dan yuqori bölganlardan iborat guruhda 86,4 va 18dan 65 yoşgaça bölganlar guruhida 95,6 foizga teng bölgan.
Hisobot AQŞ soğliqni saqlaş vazirligiga qaraşli ekspertlar guruhi yiğilişi arafasida e'lon qilindi. Yiğilişda mutaxassislar vaksinadan ommaviy foydalaniş uçun uni tavsiya qiliş yoki qilmaslik töğrisida qaror qabul qilişadi.
Moderna 1 dekabrda özi işlab çiqqan vaksinadan favqulodda foydalaniş uçun ruxsatnoma oliş böyiça ariza topşirganini ma'lum qilgandi.
FDA avvalroq Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanişga ruxsat bergandi.













