«Hamma mamlakatlarda aynan pandemiya şaroitida fuqarolarning huquqlarini ta'minlaş, bu jarayonda esa, ayniqsa, mahkumlarning, ya'ni yopiq muassasalarda saqlanayotgan insonlarning huquqlarini ta'minlaş ustuvor masalaga aylandi. Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi baronessa Viven Stern öz çiqişida köpgina qamoqxonalar mahkumlar bilan tölgani va ular qiyin ahvoldaligini aytdi.

Özbekistonda ötgan yildan boşlab ombudsman huzurida milliy primitiv mexanizmlar instituti şakllandi va uning doirasida biz hozir monitoringlarni amalga oşiryapmiz. Monitoringlarimiz pandemiya şaroitida ham töxtagani yöq. Xodimlarimiz maxsus kiyimlarda, sanitar xavfsizlikni ta'minlagan holda jazoni ijro etiş muassasalariga taşrif buyurişdi.

Mana şu jarayonda yil davomida 4 mingdan ortiq mahkum bilan uçraşuvlar taşkil etildi. Uçraşuvlar davomida ularning murojaatlarini ham tingladik. Köplab mahkumlar qarindoşlari ularni körişga kelib-ketişga qiynalayotganini aytib, uylariga yaqin bölgan muassasalarga köçirişga yordam berişimizni söraşdi. Bu masalaga mutasaddilar bilan birgalikda yeçim topişga harakat qildim.

Ba'zi bir mahkumlar soğliğini tiklaş masalasida ham murojaat qilişdi. Ularning murojaatlarini ham körib çiqib, Toşkent şahridagi mahkumlar davolanadigan şifoxonalarda muolaja olişlariga kömaklaşdik. Şuning barobarida uşbu şifoxonada ham öz monitoringlarimizni amalga oşirdik.

2020 yilning özida 70dan ortiq monitoringni amalga oşirdik. Faqat jazoni ijro etuvçi muassasalar emas, balki umuman yopiq muassasalar faoliyati örganildi. Aytaylik, ruhiy yoki yuqumli kasalliklar bilan boğliq bölgan turli toifadagi şifoxonalar, pandemiya davrida koronavirus bilan kasallanganlarni davolaş uçun taşkil etilgan alohida davolaş maskanlariga taşrif buyurdik. Fuqarolarning murojaatlari asosida u yerdagi şaroitni örgandik.

Taşrif jarayonida bemorlarga yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, nafaqat bu yerda davolanayotgan fuqarolar, balki tibbiyot xodimlarining ham huquqlarini himoya qiliş böyiça özimizning tavsiyalarimizni berdik.

Masalan, bizga tibbiyot xodimlari maoşini öz vaqtida ololmayotgani haqida ham murojaatlar bölgandi, keyinçalik bu masalalar özining yeçimini topdi. Şu nuqtayi nazardan bu monitoringlar juda ham muhim. Biz parlamentga monitoringlarimiz natijasi böyiça öz hisobotlarimizni taqdim etdik», – dedi Uluğbek Muhammadiyev 11 dekabr kuni Özbekiston Ombudsman institutining 25 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bağişlab ötkazilgan onlayn konferensiyada.