Prezidentning “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va kölamini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar tadbirkorlik sohasida davlat nazoratini isloh qilişning ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga, soğliğiga, jamoat va davlat xavfsizligiga zarar yetkazmaydigan faoliyat turlarini nazorat qiliş bilan boğliq funksiyalarni maqbullaştiriş hamda samarasiz nazorat funksiyalar amalga kiritilişining oldini oliş mexanizmlarini joriy qiliş;
axborot texnologiyalarini keng qöllagan holda “aqlli nazorat” modelini joriy qiliş, sohaga oid barça ma'lumot va jarayonlarni raqamlaştiriş, “xavfni tahlil qiliş” tizimi yordamida davlat nazoratini ustuvor ravişda “elektron inspektor” usulida amalga oşiriş amaliyotini yölga qöyiş;
huquqbuzarliklarning oldini oliş standartini joriy etiş, normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga insofli rioya etilişini rağbatlantiriş mexanizmlarini yölga qöyiş;
davlat nazoratini amalga oşiriş bilan boğliq ma'lumotlar oçiqligi va ommabopligini ta'minlaş, korrupsiya, manfaatlar töqnaşuvi, şuningdek normativ-huquqiy hujjatlar normalarining tanlab qöllanilişi holatlari oldini oliş;
mansabdor şaxslarning davlat nazoratini amalga oşirişda qonuniylikni ta'minlaş uçun yetarli bilim, malaka va könikmaga ega bölişiga oid alohida talablarni belgilaş.












