Toşkent vaqti bilan soat 18:15da messenjer işlaşidagi uzilişlar boşlandi. Bunday muammolar haqida Rossiya, Belarus, Ukraina, Yaqin Şarq mamlakatlari va Yevropadagi foydalanuvçilar ham boşqa tarmoqlarda xabar berişgan. Foydalanuvçilarning aksar qismi messenjerga umuman ulana olmagan, bir qismi esa xabarlar yubora olmay qolişganidan şikoyat qilişgan.

Telegram özining Twitter’dagi sahifasi orqali nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar berib, foydalanuvçilardan uzr söradi hamda muammoni bartaraf etiş ustida iş ketayotganligini ma'lum qildi.

Özbekistonda soat 18:49dan boşlab messenjer faoliyati tiklandi.

16 dekabr tongida ham foydalanuvçilar Telegramdan foydalanişda muammolar kuzatilayotgani haqida xabar berişgan, ammo nosozlik tezda bartaraf etilgandi.