Toşkent şahri hokimining «Toşkent şahrida içimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uçun tartibga solinadigan narxlarni belgilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada aytilişiça, «Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ amaldagi tarifi böyiça 2019 yilda 58,8 mlrd söm, 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd söm moliyaviy zarar körgan.
Tizimda yangi loyihalarni amalga oşiriş, xorijiy kreditlarni öz vaqtida qaytariş, tarmoqlar va inşootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etiş zarurligini inobatga olib, «Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJning hozirgi kunda amalda bölgan tarifini oşiriş maqsadida quyidagi narx darajalarida belgilaş taklif etiladi.
1 kubometr içimlik suvi uçun tariflar:
- aholi, budjet va ulgurji iste'molçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 310 sömdan 500 sömga (161,2 foiz)ga
- tijorat taşkilotlari uçun 730 sömdan 1500 sömga (205,4 foiz)ga ösişi;.
Kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflar:
- aholi, budjet va ulgurji iste'molçilar uçun (qöşimça qiymat soliğisiz) 250 sömdan 350 sömga (140 foiz)ga
- tijorat taşkilotlari uçun 460 sömdan 820 sömga (178,2 foiz)ga ösişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasi bosqiçida.
Bundan avvalroq Navoiy va Samarqand viloyatlarida ham içimlik suvi narxi qimmatlaşişi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.
















