Toşkent şahrida Özbekiston madaniy meros haftaligi bölib ötmoqda. 15–18 dekabr kunlari bölib ötadigan haftalik mamlakat madaniyatini örganiş, muhofaza qiliş va ommalaştirişga qaratilgan qator tadbirlarni öz içiga oladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, haftalikni «Özbekiston madaniy boyligi – yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV Xalqaro kongressi oçib berdi.

Kongressda rasmiy doiralar va xalqaro taşkilotlar, dunyoning 40dan ortiq mamlakatidan 300dan ortiq ilm-fan vakillari, mingga yaqin mahalliy olimlar iştirok etişmoqda.

Tadbirni oçib bergan Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqovga köra, kongress uçun mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan 60ga yaqin ma'ruzalar kelib tuşgan.

Firdavs Abduxoliqov

«Ularda Markaziy Osiyo va Özbekistonning dunyo sivilizatsiyasi rivojidagi ulkan roli oçib berilgan tadqiqot va tahlillar aks ettirilgani bilan ahamiyatlidir», dedi Abduxoliqov.

Kongress doirasida «Özbekiston madaniy merosi jahon töplamlarida» turkumidagi 35ta noyob kitob-albomning taqdimoti bölib ötmoqda.

Mazkur kitoblarda Çexiya, Hindiston, AQŞ, Kanada, Italiya, Turkiya, Polşa, Buyuk Britaniya, Yaponiya muzeylarida va şaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan Özbekistonga oid san'at asarlari haqidagi ma'lumotlar jamlangan.

 «Özbekiston madaniy merosi dunyo töplamlarida» köp seriyali kitob-albomlar 10 mingdan ortiq nusxada naşr etilib, mamlakatdagi barça maktablar, ta'lim dargohlari va kutubxonalarga yetkazilgan.

«Özbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoğiga aylangan turizm, ayniqsa, xalqaro turizm madaniy merosning qançalar yaxşi holatda saqlanişiga boğliq. Çunki çet ellik sayyoh aynan tariximiz va madaniy merosimiz uçun bu yerga keladi. Sönggi yillarda madaniy meros muhofazasi uçun köplab işlar amalga oşirilmoqda. Ammo bular hali yetarli emas»,