Kun.uz Xorazm viloyati Boğot tumani 2-IDUM öqituvçisi öquvçini kaltaklagani aks etgan video haqida xabar bergandi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi vaziyat örganilayotganini, batafsil ma’lumot berilişini bildirgandi.

Xorazm viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat öz tasdiğini topganini xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, videolavhada keltirilgan holat haqiqatan 30 oktyabr kuni sodir bölgan. Tarix fani öqituvçisi 9-sinf öquvçisini qayta-qayta ogohlantirişiga qaramasdan dars maşğulotiga tayyorgarliksiz kelgani uçun kaltaklagan. Holat yana bir öquvçi tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

Qöşimça qilinişiça, hozirda maktab xodimi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi uning xohişiga köra bekor qilingan. Boğot tumani içki işlar bölimi tergovga qadar suriştiruv ötkazmoqda.

Holatni Bolalar ombudsmani ham örganayotganini ma’lum qildi.

“Öqituvçi bolaga nisbatan bunday noma’qul muomalada bölişi, uni urişi, tahqirlaşiga heç bir holatda mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Bu borada bolaning manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan zarur bölgan barça çoralar köriladi”, – deyiladi bola huquqlari böyiça vakilning rasmiy bayonotida.