Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Starr nafaqat mahalliy, balki umumbaşariy ahamiyatga ega bölgan Özbekiston madaniy boyliklariga nisbatan mahalliy amaldorlar tomonidan hurmatsizlik bilan munosabatda böliş holatlari uçrab turişini tanqid qilgan.
«Özbekistonga kelgan odam uning öziga xos madaniy merosi, arxitekturasi, Buxoro, Samarqand, Xiva va boşqa şaharlardagi buyuk yodgorliklar orqali mamlakatning şarafli tarixiga tuşgandek böladi.
Ammo sönggi bir neça ön yillikda mamlakatda arxitektura yodgorliklarining notöğri, savodsizlarça restavratsiya qiliniş holatlari kuzatilmoqda. Mahalliy amaldorlarning madaniy yodgorliklarga hurmatsizlik bilan munosabatda böliş holatlari kuzatiladi.
Bu xato restavratsiyalar arxitektura böyiça zamonaviy bilimlarga tayanilgan holda qayta amalga oşirilişi lozim. Quriliş toşining mavjud emasligi bois Özbekistonning köplab hududlarida qadimgi quruvçilar xom ğiştdan foydalanişgan. Ammo bu materialdan qilingan köplab konstruksiyalar asrlar davomida çökib qolgan. Arxeologlar çökib borayotgan bu yodgorliklarning ayrimlarini kavlab olişganda, ularning jahon arxitekturasi durdonalari ekanligiga guvoh bölişgan. Bular Özbekistonning yer ostidagi Parfenonlaridir», dedi tarixçi «Özbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV xalqaro kongressda.
Frederik Starr arxitektura yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qiliş taklifi bilan çiqdi.
«Biz bugun Şahrisabzda Temur saroyini tiklaş haqida faqatgina orzu qilişimiz mumkin, çunki tiklaş xarajatlari mislsiz darajada katta. Ammo virtual restavratsiya muzey kolleksiyalarini, turizmni boyitişda sezilarli rol öynaydi. Bu kelgusi avlodning yöqotilgan ötmiş bilan tanişişiga imkon yaratadi. Şuningdek, virtual restavratsiya jahon arxitekturasi ötmişini qayta yoziş, allaqaçon bu zamindan yöqolib ketgan quriliş san'atini tiklaşga yordam beradi», dedi Starr.
Bundan taşqari, ekspert tarixiy mahallalarni öz holatida saqlab qoliş, ularning katalogini tuziş taklifini ilgari surgan.
«Buxoro va Samarqandning qadimgi qismida aholi uylari, hatto töliq mahallalar ham yirik obidalardan köra köproq qiziqiş uyğotişi mumkin. Bu uylar va mahallalarni hozirgi holatida nafaqat interer, balki eksterer sifatida foydalaniş kerak. Tarixiy mahallalar katalogini tuziş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekistondagi tarixiy tumanlarni saqlaşga qaratilgan qonunlar yaratilişi kerak. Şuningdek, tarixiy merosni asraş böyiça faol fuqarolik harakati vujudga kelişi, ular qonunlarning işlaşini talab qilişi lozim.












