“O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, kongress davomida “VGIK” rektori Vladimir Malishev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov birgalikda videoaloqaga chiqib, ishtirokchilarga hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berishdi. 

Shuningdek, tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va "O‘zbekkino" direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqdi. 

Kongressning milliy kinematografiyaga bag‘ishlangan kuni davomida xorijiy mehmonlar - Valdis Pelsh, Jahongir (Janik) Fayziyev, Aleksandr Kessellarning "O‘zbekkino" bilan hamkorlikdagi loyihalari taqdimoti, ijodiy uchrashuvlar, fotoko‘rgazma hamda "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi premerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.