Ma'lum qilinişiça, devorning 660 kmlik birinçi qismi qurib bölingan. Ta'kidlanişiça, “Janubiy Buyuk Xitoy devori” şartli nomini olgan loyihani 2022 yil oktyabrigaça yakunlaş rejalaştirilgan. Biroq Xitoy hukumati uşbu quriliş böyiça rasmiy bayonotlar bermagan.
The Times naşrining xabar berişiça, faqat sentyabrda “Jenmin jibao” naşrida Yunnan provinsiyasida Xitoy koronavirusning kirişiga yöl qöymaslik maqsadida “mamlakatga noqonuniy kiriş va uni tark etiş oldini oliş uçun” tösiqlar qurilgani ma'lum qilingan.
Radio Free Asia (RFA) Birma saytlariga tayanib uşbu devorning suratlarini e'lon qilgan. Suratlarga köra, devor 2x3 metrlik seksiyalardan iborat metall panjaradan iborat bölib, ular usti tikanli sim bilan öralgan. Ta'kidlanişiça, quriliş yakunlangandan keyin devor orqali elektr tok ötkaziladi, infraqizil nurlanişli datçikka ega kuzatuv kameralari hamda devorga yaqin keliş xavfli ekanidan ogohlantiruvçi dinamiklar örnatiladi.
【中缅边境再建“长城” 防止国民外逃】
— 自由亚洲电台 (@RFA_Chinese) December 14, 2020
今年年初,中国政府在云南中缅边境地区建造围墙,以阻隔国民偷越国境。缅甸北部果敢族近期在境外社交平台披露,为防止中国民众外逃缅甸,代号“南方长城”的缅中边境隔断一期工程全部完工。长度660公里。另有云南畹町人称,官方于今年初已开始动工建墙。#前30年 pic.twitter.com/iZBllk77Ui
Myanmaning uşbu devor ötgan çegaraoldi aholisi RFA’ga bergan intervyusida devor paydo bölgandan keyin Xitoy va Myanma örtasida norasmiy aloqalar va çegaraoldi hududlar aholisining bir-birini özaro iqtisodiy qöllab-quvvatlaşi töxtaganini ma'lum qilgan. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, uşbu devor nafaqat xitoyliklarga çegarani bemalol kesib ötib, Myanmada biznes yuritişlariga imkon bermaydi, balki dissidentlarni Xitoydan qoçiş imkonidan mahrum etadi.












