Senatning öninçi yalpi majlisida «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi, «Budjet jarayoni takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hamda «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunlar muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi Qonun bilan kelgusi yil uçun asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar va konsolidatsiyalaşgan Davlat budjeti prognozlari hamda 2022–2023 yillar uçun budjet möljallari belgilanmoqda.

Makroiqtisodiy siyosatning asosiy yönaliş va körsatkiçlari kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etişi taxminlaridan kelib çiqqan holda şakllantirilgan.

Bunda asosiy e'tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş, fiskal rağbatlantiriş çoralarini mö'tadillaştirib boriş, iqtisodiy ösiş sur'atlarining 5 foizdan yuqori bölişini ta'minlaşga qaratilgan.

Inflatsiya darajasining pasayiş tendensiyasi davom etişi va kelgusi yilda uning 10 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.

Uşbu rivojlaniş körsatkiçlariga har bir sohada boşlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettiriş orqali erişiş nazarda tutilgan.

Qayd etilganlardan kelib çiqib, 2021 yilda Konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 178,5 trln sömga yoki yalpi içki mahsulotning 25,9 foizi darajasida prognoz qilingan.

Davlat budjeti daromadlari 147,2 trln söm yoki yalpi içki mahsulotning 21,3 foiz miqdorida belgilanmoqda. Davlat maqsadli jamğarmalari daromadlari 26,2 trln söm, xarajatlari esa 40,8 trln söm miqdorida rejalaştirilgan.

Davlat maqsadli jamğarmalariga respublika budjetidan 15,9 trln söm mablağ ajratiş ham belgilangan.

Jumladan, budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi daromadlari 23,5 trln söm, xarajatlari 36,5 trln sömni taşkil etgani holda budjetdan 14,7 trln söm ajratilişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, Davlat budjetidan ijtimoiy sohalarga, xususan, ta'lim sohasi xarajatlariga 34,6 trln söm, Soğliqni saqlaş sohasiga 19,6 trln söm, Madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 2,6 trln söm va fanni yanada rivojlantiriş tadbirlari uçun 1,2 trln söm yönaltiriş rejalaştirilgan.

Davlat dasturlari orqali esa uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantiriş dasturlari uçun (2 197 mlrd söm), fanni rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş uçun (168 mlrd söm) aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş uçun (3 952 mlrd söm) mablağ ajratiş rejalaştirilgan.

«Şuningdek, jamoatçilik va parlament nazoratini kuçaytiriş çoralari doirasida Qonunda ilk bor birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilari budjetida davlat dasturlari uçun ajratilayotgan mablağlar alohida körsatilişi nazarda tutilganini qayd etiş lozim.

Bundan taşqari, majlisda ta'kidlanganidek, «Budjet jarayoni takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun bilan budjet tizimi va budjet jarayonini takomillaştiriş çoralari belgilanmoqda.

Uşbu çoralarning Budjet va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslar hamda «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi va «Buxgalteriya hisobi töğrisida»gi qonunlarga tegişli özgartiş kiritiş orqali amalga oşirilişi nazarda tutilgan.

Bunda Budjet kodeksiga kiritilgan özgartiş bilan budjet jarayonining şaffofligini ta'minlaş tartibi buzilgan hollarda vazirlik va idoralar rahbar xodimlariga jarima qöllanişi belgilanmoqda.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga Davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining ijrosi haqidagi hisobotni taqdim etmagan, budjet jarayonining şaffofligini ta'minlaş tartibini buzgan vazirlik va idoralar rahbarlariga jarima qöllaş böyiça özgartişlar kiritilmoqda», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, majlisda «2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi Qonun qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Qonun ham körib çiqildi.

2021 yilda soliq siyosatini takomillaştiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilar raqobatbardoşligini oşiriş orqali soliqlar yiğiluvçanligiga erişiş Qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Şunga köra, «Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun va Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiş kiritilmoqda.

Soliq kodeksi normalarining töğridan töğri amal qilişini ta'minlaş maqsadida tegişli soliq stavkalarini bosqiçma-bosqiç bazaviy stavkalarga yetkazişni nazarda tutuvçi özgartişlar ham kiritilmoqda.

Senat a'zolari tomonidan mazkur qonunlar ma'qullandi.